Monomarkaz “Ishga marhamat” sayti

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 avgustda PQ 3913-sonli Qarori asosida, O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Band bo’lmagan aholiga hizmat ko’rsatuvchi “Ishga marhamat” Monomarkazida hozirgi vaqtda talab yuqori bo’lgan 22 ta mutahassisliklar hamda 5 ta horijiy tillar bo’yicha soha mutahassislarini qisqa davr (3-6 oy) davomida tajjorlash yo’lga qo’yildi.

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshida “Ishga marhamat” Monomarkazining tashkil yetilishi yilning eng yirik tashabbusi bo’ldi. Bugungi kunda ijtimoiy hajotimizda zarur bo’ladigan juda ko’plab kasb va yo’nalishlar mavjud bo’lib, bularning amaliy misoli sifatida ushbu markazga asos solindi. Monomarkazda ta’lim olgan o’quvchilar nafaqat O’zbekistonda, balki horijda ham ishlash imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Mazkur Monomarkazning saytni yaratishda bizning web-studiyamiz ham o’z hissasini qo’shdi.

Buning uchun biz hozirgi kunda web saytga qo’yilgan talablardan kelib chiqqan holda adaptiv web sayt dizaynini ishlab chiqdik. Bu dizayn ma’qullangandan so’ng, web saytni yaratishni boshladik.

monomarkaz

Monomarkaz saytining dastlabki dizayni

Saytning qisqacha anonsi

Sayt ikki tilda: o’zbek va rus tili. Dastlabki til o’zbek tili. Sayt dizayni: adaptiv. Hozirgi kunda internet foydalanuvchilarining ko’pchiligi smatfon va planshetdan foydalanishadi. Shuning uchun sayt nafaqat kompyuterlarda, balki boshqa qurilmalar uchun ham mos ko’rinishga ega bo’lishini talab qilinadi.

Saytga doimiy ravishda ma’lumotlar joylashtirilib boriladi, shuning uchun administrator paneli ham bor. Administrator panelidan faqat kirish ma’lumotlariga ega xodimlar foydala olishadi. Administrator panelida barcha ma’lumotlar tushunarli bo’lib, administratordan dasturlash tillarini o’rganishni talab qilmaydi. Ya’ni ma’lumotni joylashtirish uchun HTML yoki CSS bilish shart emas.

Sayt xavfsizligini oshirish uchun ssl sertifikat o’rnatilgan. Brauserda yashil rangdagi qulf rasmini ko’rish mumkin.

Monomarkaz

Monomarkaz

Monomarkaz

Monomarkaz

Sayt manzili: monomarkaz.uz

Fikr bildirish