Chirchiq shahar tarixiy muzeyi chirchikmuseum.uz

Chirchiq shahar tarixiy muzeyining korporativ sayti — chirchikmuseum.uz.

Topshiriq:

Chirchiq tarixiy muzeyining korporativ veb-saytini yaratish.

Sayt ko’p tilli : o’zbek, rus, ingliz tillarida.

Yandex, Google qidiruv tizimlarida ro’yxatdan o’tish.

Qo’shimcha brend kitobi ham yaratildi.

Google va Yandex qidiruv tizimlari uchun veb-saytlarni optimallashtirish.

Administratorga saytni qanday boshqarishni o’rgating.

Muzey haqida

1957 yili chirchiqlik keksa yoshli Viktor Zinovevich Cherniy, 8-maktab direktori Iosif Aronovich Shved, Madaniyat bo‘limi mudiri A. I. Tixomolov va shahar sanoat korxonalari hamda maktab ishchilari shahar o‘lkashunoslik muzeyini tashkil etish taklifi bilan chiqishdi. Shahar rahbariyati va mamlakat rahbariyati bu g‘oyani qo‘llab quvvatladi. 1958 yil 3 fevralda O‘zSSR Oliy Kengashi Chirchiq shahrida muzey tashkil qilishga farmoyishi e’lon qilindi. Shu yilning aprel oyidayoq muzey shtatlari tasdiqlanib, byudjet mablag‘i ajratilgan.

Chirchiq muzeyi Toshkent viloyatidagi birinchi o‘lkashunoslik muzeyi bo‘ldi.

Muzey murakkab sharoitlarda hech qanday moddiy bazaga ega bo‘lmay tashkil etildi. Ilk ishchi xodimlar oldin shahar gazetasi redaktsiyasi bo‘lgan tor va kichik barak xonalarida ishladilar.

Ular shahar aholisining katta yordami bilan ashyolar yig‘dilar, hujjatlashtirdilar, eksponatlarga ilmiy tavsiflar yozdilar. Chirchiqliklar muzeyga shahar qurilishi va ravnaqi tarixi yaratilishida hujjatli va moddiy ashyolar taqdim etdilar. Muzeyni barpo etishda tarix fanlari nomzodi Sh. Zuxritdinov, geografiya o‘qituvchisi A. D. Soliyev va boshqalar katta yordam qildilar.

Keyinchalik muzeyga “O‘zbekximmash” sobiq klubi, 1942 yilda qurilgan va bugungi kunda muzey joylashgan, “oltiqirrali” bino ajratilgan.

Muzey xodimlari hujjatli va ashyoviy eksponatlarni nafaqat Chirchiqdan balki butun respublika bo‘ylab yig‘ishdi. Shu bilan bir vaqtda ular ekspozitsiyalar yaratish bilan ham shug‘ullanishdi. Chirchiqlik rassomlar B. S. Chubarov, V. I. Golubev, A. T. Golovchenkolar muzeyni boyitishda katta hissa qo‘shdilar.

Muzeyda jonajon o‘lkamiz tabiati, arxeologik kollektsiya va ekspozitsiyalarini yaratishda O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi va Respublika tabiat muzeyi salmoqli yordam ko‘rsatdilar.

Chirchiq o‘lkashunoslik muzeyi birinchi tashrif buyuruvchilarni 1959 yil 1 may kuni qabul qildi va bu shahar madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Bu vaqtda muzey fondida 816 birlik moddiy ashyo saqlanar edi.

Yig‘ilgan muzey buyumlarining deyarli barchasi ekspozitsiyada namoyish qilingan edi. Dastlabki eksponatlar orasida “Chirchiqqurilish” davriga oid noyob foto albo’mlar, shaxsiy buyumlar, hujjatlar, fotosuratlar, kitoblar, “Udarnik Chirchikstroy” va “Stalinskoye znamya” gazetalari shahar ilk quruvchilari bo‘lgan X. M. Shokirov, T. Turdaliyev, A. Tursunbayev. I. G. Gutsalov, V. P. Manuylov, T. M. Arskaya va boshqalar arxivlaridan olingan. Shuningdek ekspozitsiyalarda “Chirchiqqurilish”ishchilari kiyimlari, turar joy interyerlari ham namoyish qilingan.

Bundan tashqari mehmonlarga paleolit davriga oid tosh va suyak qurollar, Xojikent atrofidagi ilk odam manzilgohi qazilma ashyolari, bronza davri buyumlari ham namoyish qilingan.

Chirchiq o‘lkasi tabiiy va iqlim sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari, uning o‘simlik va hayvonot dunyosini ko‘rsatishga katta e’tibor qaratilgan.

Birinchi yarim yillik davomida muzeyga 10 ming kishi tashrif buyurdi.

Yildan yilga muzey fondi to‘ldirildi. Muzeyning boshlang‘ich maydoni torlik qildi, shuning uchun 1960 yili muzeyning birinchi qavati kengaytirildi. 1961 yilda binoning ikkinchi qavati qurilib, unda Respublikada birinchi bo‘lgan Planetariya ochildi.

Muzeyda keng ko‘lamli yig‘ish va tadqiqot ishlari 1970-yillarda o‘tkazildi. Bu davrda muzey fondi muhim qimmatli muzey buyumlari bilan to‘ldirildi. Bular Chirchiq shahri asoschilari bo‘lgan: “Chirchiqqurilish” birinchi boshlig‘i D. P. Rozit, qurilish birinchi bosh muhandisi K. A. Drennov, “Chirchiqqurilish”ning 1937- 41yy dagi boshlig‘i F. G. Loginov,“Chirchiqqurilish” texnik bo‘limi ilk boshlig‘i S. I. Povarenny, topograf I. I. Klimashevskiy va boshqalar shaxsiy arxivlaridir.

Muzey Troitsk dahasiga ilk ko‘chib kelgan ruslarning fotosuratlari va maishiy buyumlari, Chirchiq o‘lkasi tub aholisidan D. Pobedinskiy, V. Atlanov, K. Kurganbayev va boshqalar hujjatlari kabi qimmatli ashyolarga ega bo‘ldi.

Ushbu yillarda muzeyning Tabiat bo‘limi jihozlanishi yanada jonlantirildi. Endi o‘lka tabiati 3 ta landshaftli: tog‘, o‘rmon va vodiy kabi majmualari bilan Chirchiq o‘lkasi tabiatini tabiiy aks ettiradigan bo‘ldi.

1980-yillarda muzey faoliyati zamonaviy, birmuncha yuqori bosqichga ko‘tarildi.

Buning uchun muzeyda batafsil mavzuviy-ekspozitsiya rejasi ishlab chiqildi va muzeyga zaruriy ashyolarini yig‘ishga tadbiq qilindi.

Bu davr mobaynida shahar sanoat korxonalari ilg‘or kishilari T. G. Kagramonov, M. V. Beglov, V. X. Xaydarov, ChEKX direktori L. A. Kostandov, ChEKX faxriylari Sh. A. Kugushev, S. N. Niyazov, shahar keksa tibbiyot xodimi U. T. Gizatullina, V. A. Skvortsovava keksa madaniyat xodimi A. P. Nesterenkolarning arxiv hujjatlari, mavzuli kollektsiyalaridan iborat ashyolar majmuasi yig‘ildi.

Mustaqillik yillari davrida muzey aholining milliy, madaniy va maishiy hayotini aks ettiruvchi eksponatlar, hujjatlar shuningdek, Mustaqillik davridagi shaharning sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalariga oid ashyolari bilan to‘ldirildi.

Chirchiq shahar tarixi muzeyi bo‘limlari

(ekspozitsiya zallari) tavsifi.

Chirchiq shahar tarixi muzeyi o‘z binosiga ega bo‘lib, 1959 yil 1 may sanasidan faoliyat boshlagan. Muzey binosi moslashtirilgan.

Muzey binosi 1942 yilda qurilgan bo‘lib, “O‘zbekximmash” zavodining sobiq klubi bo‘lgan, “oltiqirrali” shaklga ega. Muzeyning boshlang‘ich binosi torlik qilganligi sababli 1960 yilda 1-qavati kengaytirilgan. 1961 yilda binoning 2-qavati qurilib, unda Respublikada birinchi bo‘lgan “Planeratiya” ochilgan. Muzey binosini umumiy maydoni 577 m.kv.ni tashkil qiladi. Muzeyda 2017 yilda joriy ta’mirlash o‘tkazilgan. 2018 yil Chirchiq shahar O‘lkashunoslik muzeyi Chirchiq shahar tarixi muzeyiga aylantirildi.

2018-2019 yilda davlat dasturi asosida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi. 2020 yilda oldingi O‘lkashunoslik muzeyi Chirchiq shahar tarixi muzeyi nomi bilan qayta tashkil etildi.

Mazmuni bo‘yicha mavzuli bo‘limlar tarkibida “Chirchiqqurilish” – shaharning qurilish tarixi bo‘limi muzey ekspozitsiyasida asosiy rol o‘ynaydi. Bunda Chirchiq daryosi vodiysida ulkan qurilish maydoni hosil qilgan “Chirchiqqurilish” xaritasi va “Chirchiq GESi va kanali qurilishi” dioramasi markaziy o‘rin egallaydi.

Muzeydagi “Chirchiq vodiysi qadimiy tarixi” bo‘limi kishilik jamiyatining paleolit davridan to XX asr boshigacha bo‘lgan evolyutsion rivojlanishi (tosh va suyak mehnat qurollari, bronza va quldorlik davri sopol idishlari, ilk feodalizm davri metall otish vositalari, Qo‘qon xonligi aholisining o‘rta asrlar etnografiyasi va maishiy buyumlari) ga oid qiziqarli artefaktlari bilan hikoya qiluvchi “Dastlabki odam manzilgohi” dioramasi namoyish qilingan.

“Chirchiq Ikkinchi jahon urushi yillarida” mavzusi bo‘limida urushda qatnashgan kishilarning shaxsiy buyumlari va shu yillarda Chirchiq hayotidan hujjatli lavhalar o‘rin olgan.

Muzey ekspozitsiyasining mantiqiy davomi bo‘lgan va eng zamonaviy mavzuli bo‘lim -“O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik yillarida Chirchiq” bo‘limidir. Bu yerda asosan so‘nggi yillardagi shahar korxonalari, ularning rivojlanish bosqichlari va erishilgan yutuqlarini hikoya qiluvchi eksponatlar bilan tanishtirilgan.

“Bugungi Chirchiq shahri” dioramasi tashrif buyuruvchilarda unutilmas taassurotlar qoldiradi. Bu dioramada Chirchiq shahridagi mavjud barcha uylar, ko‘chalar, yodgorliklar yuqori aniqlikda ko‘rsatilgan bo‘lib, uning jamiki ajoyibotlarini ko‘rish mumkin.

“To‘qay”, “Tog‘”, “Yong‘oq-mevali o‘rmonlar” kabi uchta landshaftli dioramalar muzeyning mavzuli bo‘limida namoyish qilingan. Ularda o‘lkaning flora va faunasi, unda hayvonlar va qushlar, sudralib yuruvchilar shuningdek O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan, kamayib ketgan hayvon turlari: ilvirs(qor barsi), oqboshli qumoy, Menzbir sug‘uri, Tiyonshon qo‘ng‘ir ayig‘i va boshqalar bor.

Chirchiq muzeyining asosiy bo‘limlar, katta va kichik ko‘rgazma zallarida muntazam ravishda rassomlar, amaliy san’at ustalarining shuningdek, muzey etnografik, numizmatik va geologik-mineralogik kollektsiyalar bo‘yicha turli xil ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.

Hozirgi paytda muzeyda jami 34873 ta ashyolar saqlanmoqda, shularning 34302 tasi asosiy fond , 571 tasi ilmiy yordamchi 236 ta arxeologiya, 1199 ta numizmatika, san’at 537 ta etnografiya va maishiy buyumlar 743 ta fotografiya 9853 ta hujjatlar 2705 ta va 19029 tani boshqa bo‘limlar tashkil etadi.

Сайт: chirchikmuseum.uz