Sog’lomlantirish markazi AsMed uchun korporativ sayt

Sog’lomlashtirish markazi uchun korporativ sayt

Topshiriq

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan so’g’lomlashtirish markazi uchun korporativ sayt yaratish.

Sayt ko’ptillik: ruscha, o’zbekcha.

Yandex, Google qidiruv tizimlarida ro’yhatdan o’tkazish.

Administratorni saytni boshqarishga o’rgatish.

AsMed – sog’lomlashtirish markazi sayti

AsMed sog’lomlashtirish markazi Chirchiq shahrida joylashgan bo’lib, asosiy faoliyati organizmni shlak, glistlar, parazitlardan tozalashdir.

Shuningdek Asmed tarkibida Chirchiq bolalar sport kompleksi, fitnes zal, “Oqtosh Nur” dam olish maskani ham mavjud. Asmed katta va kichik yoshdagi odamlarning sog’lom bo’lishini ta’minlaydi.

Saytda korxona tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar joylashtirilgan. Markazda faoliyat yuritayotgan vrachlar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

Barcha buyurtma va xabarlar korxonaning korporativ elektron pochtasiga kelib tushadi.

Sayt dizayni: unikal, adaptiv.

Sayt: as-med.uz

Batafsil
admin 04.01.2021 0 Izohlar

Kechki fizika – texnika maktabi korporativ sayti

Kechki Fizika – Texnika Maktabi uchun korporativ sayt – zftsh.uz

Topshiriq

MFTIning O’zbekistondagi kechki fizika – texnika maktabi uchun korporativ sayt yaratish.

Sayt ko’ptillik: ruscha, o’zbekcha.

Yandex, Google qidiruv tizimlarida ro’yhatdan o’tkazish.

Administratorni saytni boshqarishga o’rgatish.

Moskva Fizika Texnika Institutining O’zbekistondagi kechki fizika – texnika maktabi sayti

Kechki fizika – texnika maktabi O’zbekistonning 8-11 sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, o’quvchilarga fizika va matematika chuqur bilim beradi. Bu maktab o’zining betakror dars uslubiga ega.

KFTM qo’shimcha ta’lim sohasida ellik yillik malakaga ega. Yoshlarga bilim olishga yetuk malakali pedagoglar jamoasi ko’mak beradi. Umumiy fizika va oliy matematika instituti o’qituvchilari tomonidan sifatli o’quv – uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqiladi.

Hozirda sayt yaratilish bosqichida bo’lib, hali tugallanmadi.

Sayt dizayni: unikal, adaptiv.

Sayt: zftsh.uz

Batafsil
admin 03.01.2021 0 Izohlar

Anglo American School – onlayn maktabi

Anglo American School uchun korporativ sayt – aas.uz

Topshiriq

Xalqaro toifadagi onlayn maktab uchun korporativ sayt yaratish.

Sayt ko’ptillik: ruscha, o’zbekcha, inglizcha.

Yandex, Google qidiruv tizimlarida ro’yhatdan o’tkazish.

Administratorni saytni boshqarishga o’rgatish.

Onlay maktab sayti

Toshkentdagi Anglo American School ro’yxatdan o’tgan xalqaro toifadagi maktabdir. Onlayn maktabda jahonning turli mamlakatlaridagi malakali o’qituvchilar O’zbekistonning 9 dan 13 gacha yoshdagi o’quvchilariga onlayn dars o’tishadi. Darslar real vaqtda amalga oshiraladi.

Hozirda sayt yaratilish bosqichida bo’lib, hali tugallanmadi.

Sayt dizayni: unikal, adaptiv.

Sayt: aas.uz

Batafsil
admin 03.01.2021 0 Izohlar

Mehmonxona GREEN HOUSE HOTEL

Mehmonxona Green House Hotel

Topshiriq

Mehmonxona uchun individual dizayndagi zamonaviy sayt yaratish.

Mehmonxona O’zbekistonning ikki shahrida joylashgan: Toshkent va Buxoro.

Mehmonlarga xonalarni tanlashga imkon beradigan onlayn bronlash xizmatini qo’shish.

Korporativ sayt yaratish.

Mehmonxona xonalari va xostel

Onlayn bronlash xizmati uchun xonalar sahifasini ishlab chiqdik. Bu sahifada xonadagi sharoit, imkoniyatlari, narxi, qo’shimcha xizmatlari batafsil yoritilgan. Xonalarni tanlash uchun qulay izlash asbobi va filtr yaratildi.

Izlash yordamida bronlashdan oldin muayyan sanada xonaning bandligini aniqlash mumkin.

Shuningdek, mehmonlar uchun ko’rsatiladigan qo’shimcha xizmatlar haqida ham ma’lumot joylashtirildi.

Qulay navigatsiya tizimi orqali mehmonlar istalgan vaqtda yetarlicha ma’lumot olishlari mumkin.

Ikki sayt bittada

Yuqorida aytilganidek, mehmonxona ikki filialdan iborat. Birinchi sayt yaratilgandan so’ng, ikkinchi saytni ham yaratib joylashtirdik. Ikki saytning dizayni bir xil, lekin ma’lumotlar mehmonxonalar uchun alohida.

Ikkinchi saytni poddomenga o’rnatdik. Navigatsiyada saytlararo bog’ladik.

Bir saytga kirgan foydalanuvchi ikkinchi saytga qiyinchiliksiz o’tish imkoni mavjud.

Adaptiv dizayn

Sayt dizayni adaptiv. Foydalanuvchilar saytdan foydalanishda ixtiyoriy qurilmani ishlatishlari mumkin: mobil telefon, planshet, noutbuk, desktop kompyuter.

Веб-сайт: greenhouse.uz

Batafsil
admin 21.05.2020 0 Izohlar

Toshkent viloyati yuridik texnikumi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan Toshkent viloyati yuridik kolleji ‘tashkil etilgan.

Toshkent viloyati yuridik kolleji o‘quv-uslubiy faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2018 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”gi 858-son qarori asosida olib boriladi.

Toshkent viloyati yuridik kollejida o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirilgan bo‘lib, bugungi kunda ikkinchi va undan keyingi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 58 nafar o‘quvchi “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. Toshkent viloyati yuridik kolleji o‘quvchilar sig‘imi 600 kishini tashkil etib, hozirda kollejda 141 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.

Sayt yaratish

Hozirgi kunda deyarli barcha o’quv maskanlari o’z veb-sayti ega bo’lib, unda o’quvchilar, o’qituvchilar, abiturienlar va ota- onalari uchun kerakli ma’lumot joylashtiriladi.

Shu maqsadda Toshkent viloyati yuridik kolleji  Eson.uz web -studiyasining sayt yaratish xizmatiga buyurtma berishdi. Sayt yaratish ishlari 15 mart 2020 yilda boshlandi.

Bugungi kunda sayt yaratish ishlari tugallandi.

COVID-2019 karantini vaqtida o’quvchilarga masofaviy dars berish maqsadida saytda Onlayn dars bo’limi yaratildi. Onlayn dars – video va audio ko’rinishidagi dars bo’lib, o’quvchilar istalgan vaqt internet tarmog’i orqali kollej o’qituvchilari tomonidan yaratilgan videodarslar yordamida ta’lim olishlari mumkin.

Onlayn darsda video va audiodan tashqari, ma’ruza matnlari ham joylashtiriladi. Natijada dars mavzusi mustahkamlanadi.

Shuning bilan birga saytda har bir fannning o’quv materiallari ham joylashtirilgan.

Toshkent viloyati yuridik kolleji yangiliklari maxsus Yangiliklar bo’limida joylashtirilgan.

Kollej saytidagi ma’lumotlar 3 tilda yuritiladi: o’zbek, rus, ingliz.

Eson web studiyasi kelajakda ham Toshkent viloyati yuridik kolleji bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Sayt manzili: toshvilyuridik.uz

Batafsil
admin 24.04.2020 0 Izohlar

G’allaorol Kaliy Fosfat – mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavod

O’zining mineral mahsulotlari tufayli “Gallaorol Kaliy Fosfat” MCHJ fermerlarga global oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berishda yordam beradi, sanoatning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi, iste’molchilarning hayotini boyitadi va qishda xavfsizligini ta’minlaydi. Ular mineral o’g’itlarga tobora ortib borayotgan talabni, asosan, O’zbekiston va MDH mamlakatlaridagi ishlab chiqarish maydonlarida qondirmoqdalar.

Batafsil
admin 24.12.2019 0 Izohlar

Bolalarni rivojlantirish o’quv markazi

Beybi Akademiya bu maktabgacha ta’lim markazi. Bu markaz bo’lg’usi onalar va 0 dan 7 yoshgacha bo’lgan kichkintoylar bilan ishlaydi.

“Beybi Akademiya” 2008 yil 23 yanvarda Yakka Tadbirkor shaklida ochilgan. Keyinroq, 2010 yilda “Beybi Akademiya” MCHJ shaklidagi yuridik shaxsga aylandi.

Hozir “Beybi Akademiya” ta’lim sohasidagi maktabgacha ta’lim muassasiga qo’yilgan barcha talablarga javob beradi. Shuningdek, Qozoqiston Respublikasining birinchi darajali uzluksiz ta’limga va jahon ta’lim standartlari ham mos keladi.

Bizning veb – studiya o’quv markazining mavjud saytini CMS WordPressga o’tkazdi. Bu jarayonda barcha ko’rinish saqlab qolindi.

Sayt manzili: babyacademia.kz

Batafsil
admin 04.12.2019 0 Izohlar

Monomarkaz “Ishga marhamat” sayti

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 avgustda PQ 3913-sonli Qarori asosida, O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Band bo’lmagan aholiga hizmat ko’rsatuvchi “Ishga marhamat” Monomarkazida hozirgi vaqtda talab yuqori bo’lgan 22 ta mutahassisliklar hamda 5 ta horijiy tillar bo’yicha soha mutahassislarini qisqa davr (3-6 oy) davomida tajjorlash yo’lga qo’yildi.

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshida “Ishga marhamat” Monomarkazining tashkil yetilishi yilning eng yirik tashabbusi bo’ldi. Bugungi kunda ijtimoiy hajotimizda zarur bo’ladigan juda ko’plab kasb va yo’nalishlar mavjud bo’lib, bularning amaliy misoli sifatida ushbu markazga asos solindi. Monomarkazda ta’lim olgan o’quvchilar nafaqat O’zbekistonda, balki horijda ham ishlash imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Mazkur Monomarkazning saytni yaratishda bizning web-studiyamiz ham o’z hissasini qo’shdi.

Buning uchun biz hozirgi kunda web saytga qo’yilgan talablardan kelib chiqqan holda adaptiv web sayt dizaynini ishlab chiqdik. Bu dizayn ma’qullangandan so’ng, web saytni yaratishni boshladik.

monomarkaz

Monomarkaz saytining dastlabki dizayni

Saytning qisqacha anonsi

Sayt ikki tilda: o’zbek va rus tili. Dastlabki til o’zbek tili. Sayt dizayni: adaptiv. Hozirgi kunda internet foydalanuvchilarining ko’pchiligi smatfon va planshetdan foydalanishadi. Shuning uchun sayt nafaqat kompyuterlarda, balki boshqa qurilmalar uchun ham mos ko’rinishga ega bo’lishini talab qilinadi.

Saytga doimiy ravishda ma’lumotlar joylashtirilib boriladi, shuning uchun administrator paneli ham bor. Administrator panelidan faqat kirish ma’lumotlariga ega xodimlar foydala olishadi. Administrator panelida barcha ma’lumotlar tushunarli bo’lib, administratordan dasturlash tillarini o’rganishni talab qilmaydi. Ya’ni ma’lumotni joylashtirish uchun HTML yoki CSS bilish shart emas.

Sayt xavfsizligini oshirish uchun ssl sertifikat o’rnatilgan. Brauserda yashil rangdagi qulf rasmini ko’rish mumkin.

Monomarkaz

Monomarkaz

Monomarkaz

Monomarkaz

Sayt manzili: monomarkaz.uz

Batafsil
admin 11.10.2019 0 Izohlar

CRM Edulog – o’quv markazlarini boshqarish tizimi

Edulog – o’quv markazlari va xususiy maktablarni boshqarishni avtomatlashtiruvchi qulay CRM – tizimdir. Edulog yaratilayotga o’quv markazlari va maktablarning o’zi xosligi hisobga olindi. Hozirgi kunda juda ko’p CRM tizimlari mavjud bo’lishiga qaramay, ular o’quv tizimiga mos kelmaydi.

Bu yerda sizga kerakli hamma narsa mavjud. O’quv uchun to’lov, o’quvchilarni ro’yhatga olish, davomatni tekshirish, o’qituvchilarga oylik chiqarish, marketingni nazorat qilish kabi funksiyalar uning asosiy o’zagini tashkil qiladi.

Bu tizim mijozlarga tarif rejalari asosida sotiladi. Hozirgi vaqtda to’lov faqat bank orqali naqd yoki pul o’tkazish yo’li orqali amalga oshirilishi mumkin.

Sababi, o’quv markazlari yuridik shaxs sanalib, xizmatlar va tovarlarni pul o’tkazish yo’li bilan sotib olishadi. Onlayn to’lov tizimlarini o’rnatish ustida ish olib borilmoqda. Tez kunlarda amalga oshiriladi.

Boshqarish tizimi Code Igniter yordamida yaratildi.  Tizim dizayni adaptiv

Sayt:  edulog.uz

Edulog

Batafsil
admin 01.07.2019 0 Izohlar