Mehmonxona GREEN HOUSE HOTEL

Mehmonxona Green House Hotel

Topshiriq

Mehmonxona uchun individual dizayndagi zamonaviy sayt yaratish.

Mehmonxona O’zbekistonning ikki shahrida joylashgan: Toshkent va Buxoro.

Mehmonlarga xonalarni tanlashga imkon beradigan onlayn bronlash xizmatini qo’shish.

Korporativ sayt yaratish.

Mehmonxona xonalari va xostel

Onlayn bronlash xizmati uchun xonalar sahifasini ishlab chiqdik. Bu sahifada xonadagi sharoit, imkoniyatlari, narxi, qo’shimcha xizmatlari batafsil yoritilgan. Xonalarni tanlash uchun qulay izlash asbobi va filtr yaratildi.

Izlash yordamida bronlashdan oldin muayyan sanada xonaning bandligini aniqlash mumkin.

Shuningdek, mehmonlar uchun ko’rsatiladigan qo’shimcha xizmatlar haqida ham ma’lumot joylashtirildi.

Qulay navigatsiya tizimi orqali mehmonlar istalgan vaqtda yetarlicha ma’lumot olishlari mumkin.

Ikki sayt bittada

Yuqorida aytilganidek, mehmonxona ikki filialdan iborat. Birinchi sayt yaratilgandan so’ng, ikkinchi saytni ham yaratib joylashtirdik. Ikki saytning dizayni bir xil, lekin ma’lumotlar mehmonxonalar uchun alohida.

Ikkinchi saytni poddomenga o’rnatdik. Navigatsiyada saytlararo bog’ladik.

Bir saytga kirgan foydalanuvchi ikkinchi saytga qiyinchiliksiz o’tish imkoni mavjud.

Adaptiv dizayn

Sayt dizayni adaptiv. Foydalanuvchilar saytdan foydalanishda ixtiyoriy qurilmani ishlatishlari mumkin: mobil telefon, planshet, noutbuk, desktop kompyuter.

Веб-сайт: greenhouse.uz