Internet magazin ochish. I qism
Bugungi kunda internet magazin ochish juda keng tarqalgan bo’lib, savdo hajmini oshirish va noldan biznes yaratish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga internet magazin (internet do’kon) nima, nima uchun kerak, nimalardan tashkil topgan, uni ishlashini qanday tashkillashtirish kerak va boshqa ko’pgina savollarga Internet tarmog’idan haqoniy javob topish deyarli imkonsiz.
Paradoks shundan iboratki: bir tomondan – internet magazin to’g’risida juda ko’p maqolalar yozilgan, boshqa tomondan – bu maqolalarda haqiqiy foydali ma’lumotlar juda juda kam. Men hozir professionallar uchun yozilgan texnik maqolalar haqida gapirmayapman, chunki bunday maqolalar haddan ziyod ko’p bo’lib, baribir o’zbek tilida topish juda mushkul. Bo’lg’usi internet magazin egalari beradigan savollar esa hanuz javobsiz qolmoqda.
O’z faoliyatim davomida men juda ko’p bora internet magazinlarga qiziqib kelaman. Mijozlar, o’rta va kichik biznes rahbarlari juda ko’p savollar berishadi: internet magazinning qanday foydasi bor, agar ochadigan bo’lishsa, qanday ishlatish kerak va hakozo. Shuningdek tanishlarim ham ko’pincha internet magazinni qanday ochish kerak, buning uchun nima qilish kerak deb maslahat so’rab turishadi.
Bu maqolada men maksimal tarzda ochiq va tushunarli qilib internet magazin nimaligi, u nega kerakligi va kerakmasligi, qanday yaratilishi hamda qanday ishlatishi to’g’risida ma’lumot berishga qaror qildim.
Bu maqola keng doiradagi o’quvchilarga mo’ljallangan bo’lib, bu yerda murakkab terminlar va mutaxassislar uchun qiziqarli bo’lgan texnik iboralar ishlatilmaydi. Bu yerda men internet magazin ishlashiga oid asosiy tushunchalar, yana shu bilan birga ishlash prinsiplari to’g’rida gapiraman. Bu maqola internet-magazin ochishni o’ylaganlar yoki u qanday ishlashini tushunmoqchi bo’lganlar uchun qiziqarli.
Internet magazin ochish: o’zi sizga kerakmi?
Mendan internet magazin ochish uchun nima qilish kerak deb so’rashganda, men dastavval bu odamlardan internet-magazinni nima uchun ochishmoqchiligini bilishga harakat qilaman.
Chunki, bugungi kunda internet magazin – zamonaviy tushuncha. Uning juda kerakligi, juda foydali ekanligi to’g’risida hamma eshitgan, lekin u kimga kerakligi to’g’risida ko’pchilik hatto o’ylab ko’rishmaydi.
Natija ko’p hollarda internet magazin bu odamga kerak bo’lmay qolishi mumkin. Holatdan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, bu odamning ishini balki oddiy vizitka sayt ham bajara olishi mumkin.
Eng yomoni mahsulotga ega bo’lmasdan, sotishni bilmasdan turib internet magazinni ochishga qaror qilishdir. Ba’zi insonlar bozorni o’rganmay turib, bor pulini internet magazin ochishga sarflashadi. Bunday holatda bu loyiha birinchi kundanoq muvaffaqiyatsizlikka uchrashga mahkum etilgan.
Quyida qanday holatda internet magazinni ochmaslik kerakli to’g’risida to’xtalib o’taman.
Internet magazin (internet –do’kon) ochmang, agar:
1. Siz mahsulotning yaxshi iste’molchisisiz, lekin sotuvchisi emassiz
Bu holat juda ko’p kuzatiladi. Masalan, ko’p farzandli ota-onalar bolalar kiyimlarini sotadigan internet magazin ochishmoqchi. Ularning bunday qarorga kelishiga, biz bolalar kiyimlariga juda yaxshi tushunamiz, qayerdan arzonga olishni ham bilamiz degan tushuncha asos bo’ldi. Ha, ular bolalarga qayerdan yaxshi kiyim olishni bilishadi. Ular boshqa ota-onalar bilan muloqot qilganlarida bu kiyimlar ehtiyoj ko’pligini bilishdi. Lekin savdoda yaxshi natijaga erishish uchun bular yetarli emas. Kamida sotuvchi sifatida bu bozorni bilish, narxlarga tushinish, raqobatchilarni bilish, mahsulotni sotishning foydali kanallariga ega bo’lish kerak.
Ba’zi holatlar bunday mustasno. Masalan:
- Siz qaysidir bir soha bo’yicha mutaxassissiz, Aytaylik, siz rassomsiz. O’z asarlaringizni chet eldagi mijozlarga sotishga qaror qildingiz. Buning uchun internet magazin ochsangiz bo’ladi. Yoki siz asarlar yaratishda ishlatiladigan ranglar, bo’yoqlarni sotadigan internet magazin ochsangiz bo’ladi. Chunki bu mahsulotlar bilan ishlagansiz va ularga tushunasiz.
Agar siz nafaqat iste’molchi, balki mutaxassis ham bo’lsangiz, bemalol internet magazin ochsangiz bo’ladi!
2. Bo’sh turgun mablag’ingizni isvestitsiya qilish sifatida internet-magazin ochmang.
Internet savdo – oddiy savdo turlaridan biridir. Ko’pchilik o’ylashadiki, internet magazin ochishga pul tikaman, o’zidan o’zi har oy daromad qilaman, deb. Yo’q, unaqa emas. Internet magazin ochilgandan so’ng uni mahsulotlar bilan to’ldirish, rivojlantirish, mijozlar topish, reklama qilish kerak bo’ladi.
Boshqa tomondan internet magazin sizning unga kiritgan mablag’ingizni ko’paytiradi, agar:
- Siz ishlab turgan do’konga egasiz . Bu holatda internet magazin mahsulotlarni sotishning qo’shimcha kanali bo’ladi. Savdo korxonalari internet magazinni internetda joylashgan filialga taqqoslashadi. Bu yerda hammasi odatiy: mahsulot bor, mahsulot mijozga yetkazib beriladi. Bunday savdo korxonalari yutishadi. Masalan: sushido.uz
- Siz tovarni bilasiz, sotish qo’lingizdan keladi, sotadigan kanallaringiz bor, mijozlarga tovarni yetkazib bera olasiz. Bu holatda internet magazin siz uchun ajoyib savdo maydonchasi bo’la oladi.