info@eson.uz
+998 (97) 738 8311
  • Biz haqimizda
    • Eson.uz bilan hamkor bo’lish va 525 000 so’mdan daromad olish
    • Blog
  • Portfolio
  • Xizmatlar
    • Saytni rivojlantirish
    • SMM xizmati
    • Vizitka-sayt
    • Landing page (bir sahifali sayt)
    • Korporativ sayt
    • Turistik korxona uchun sayt
    • Qurilish korxonalari uchun sayt
    • MLM (Tarmoqli marketing) uchun dastur
    • Katalog sayt
    • Internet do’kon
    • Web-portal
  • Mobil ilovalar
  • Aloqa
  • РусскийРусский
  • Biz haqimizda
    • Eson.uz bilan hamkor bo’lish va 525 000 so’mdan daromad olish
    • Blog
  • Portfolio
  • Xizmatlar
    • Saytni rivojlantirish
    • SMM xizmati
    • Vizitka-sayt
    • Landing page (bir sahifali sayt)
    • Korporativ sayt
    • Turistik korxona uchun sayt
    • Qurilish korxonalari uchun sayt
    • MLM (Tarmoqli marketing) uchun dastur
    • Katalog sayt
    • Internet do’kon
    • Web-portal
  • Mobil ilovalar
  • Aloqa
  • РусскийРусский
  • Biz haqimizda
    • Eson.uz bilan hamkor bo’lish va 525 000 so’mdan daromad olish
    • Blog
  • Portfolio
  • Xizmatlar
    • Saytni rivojlantirish
    • SMM xizmati
    • Vizitka-sayt
    • Landing page (bir sahifali sayt)
    • Korporativ sayt
    • Turistik korxona uchun sayt
    • Qurilish korxonalari uchun sayt
    • MLM (Tarmoqli marketing) uchun dastur
    • Katalog sayt
    • Internet do’kon
    • Web-portal
  • Mobil ilovalar
  • Aloqa
  • РусскийРусский
  • Biz haqimizda
    • Eson.uz bilan hamkor bo’lish va 525 000 so’mdan daromad olish
    • Blog
  • Portfolio
  • Xizmatlar
    • Saytni rivojlantirish
    • SMM xizmati
    • Vizitka-sayt
    • Landing page (bir sahifali sayt)
    • Korporativ sayt
    • Turistik korxona uchun sayt
    • Qurilish korxonalari uchun sayt
    • MLM (Tarmoqli marketing) uchun dastur
    • Katalog sayt
    • Internet do’kon
    • Web-portal
  • Mobil ilovalar
  • Aloqa
  • РусскийРусский

Blog

Asosiy Maslahatlar Sayt uchun qaysi hosting yaxshi?
Maslahatlar

Sayt uchun qaysi hosting yaxshi?

admin 27.06.2020 0 Izohlar

Sayt yaratilgandan so’ng, domen sotib olinib hostingga joylashtiriladi. Hosting – bu veb-sayt fayllari joylashtiriladigan joy. Magazin bilan taqqoslaydigan bo’lsak, hosting bu magazin joylashgan bino xonasi. Hostingda joy kvatrat metrda emas, megabayt yoki gigabaytlarda o’lchanadi.

Hosting tekin va pullik bo’lishi mumkin. Pullik hosting sifatli ishlaydi, keng imkoniyatlarga ega, quvvati yuqori, veb – sayt muntazam ishlashini ta’minlaydi. Bepul hostinglar imkoniyati chegaralangan, bugun ishlab turib, ertaga ishlamay qolishi mumkin.

Jiddiy veb loyiha albatta pullik hostingga joylashtirilishi kerak.

Sayt yaratishda buyurtma bergan mijozlarimizning deyarli hammasida “Qaysi hostingni tanlagan ma’qul?” degan savol tug’iladi.

Hozirgi vaqtda juda ko’plab hosting mavjud, chindan ham qaysi hostingni tanlagan ma’qul?

Hosting tanlashda uning narxi, sifati e’tiborga olinadi. Odatda biz mijozlarimizga 2 ta variantdan birini tanlashni maslahat beramiz:

  • O’zbekistonda joylashgan hosting;
  • Chet elda joylashgan hosting.

1 – O’zbekistonda joylashgan hosting.

O’zbekistonda juda ko’plab hosting korxonalari faoliyat olib boradi. O’rtacha hosting narxi 1GB lik yiliga 360 000 so’m turadi. Biz bir necha hosting provayderlar bilan ishlab ko’rganmiz. Sifati bo’yicha Ahost kompaniyasi yaxshiroq. Uz domenini ham shu kompaniyadan olganingiz ma’qul. Narxi: 17 000 so’m.

2 – Chet elda joylashgan hosting.

Xorijda albatta juda ko’plab hosting kompaniyalari mavjud bo’lib, ular orasida aynan mana bu hosting kompaniya yaxshi deyish qiyin. Lekin biz doim ishlaydigan, ishlash davomida hizmat ko’rsatish sifatiga amin bo’lgan kompaniyani ayta olamiz. Bu reg.ru portalidir.

Narxi: 13 GB lik yiliga taxminan 400 000 so’m turadi.

Bularni bir biri bilan solishtirib ko’ramiz. O’zingiz qulay variantni tanlashingiz mumkin.

1) O’zbekistondan hosting olish:

  • Afzalliklari:

To’lov istalgan usulda, pul o’tkazish orqali ham to’lov qilsa bo’ladi.

Hosting O’zbekistonda joylashgan, Tas-IXdan foydalanuvchilar yuqori tezlikda saytdan foydalanishlari mumkin.

  • Kamchiligi:

Xizmat ko’rsatish sifati pastroq;

Narxi baland.

2) Chet eldan hosting olish:

  • Afzalliklari:

Sifati yaxshi, tex podderjka hamisha yordamga shay turadi;

Narxlar arzon  – deyarli 13 barobarga

  • Kamchiligi:

To’lovlar valyuta kartalari orqali, yandex dengi orqali amalga oshiriladi. Pul o’tkazish yo’li bilan to’lov qilib bo’lmaydi;

Saytingiz Tas-IX da bo’lmaydi.

Reg.ru dagi kamchiliklarni qaraydigan bo’lsak, hozirgi kunda Click.uz bot orqali Yandex dengiga pul o’tkazish imkoniyati mavjud. Ya’ni, siz Uzcard kartangizdagi pulni Yandex dengi hisobiga o’tkazib rublda to’lovni amalga oshirishingiz mumkin.

Tas-IX bo’yicha – O’zbekistondagi asosiy foydalanuvchilar mobil telefonlar orqali saytga kirishadi. Shuning bilan birga hozir juda ko’pchilik limitsiz tarifdagi internet paketlariga ulanishgan.

Reg.ru yana bir afzallik tomoni u o’z mijozlariga pul ishlash imkoni beradi. Bu haqda reg.ru saytidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Quyidagi promokod orqali reg.ru dan 5% lik chegirmaga ega bo’ling;

30E3-DF1E-FD3E-CD16

 

Sotsial tarmoq: biz ham Facebook, Youtube va InstagramdaAvvalgiSotsial tarmoq: biz ham Facebook, Youtube va Instagramda05.09.2019
"Baxtiyor oila" portali taqdimoti bo'lib o'tdi.13.04.2021"Baxtiyor oila" portali taqdimoti bo'lib o'tdi.So'nggi

O'xshash Postlar

Maslahatlar

Sayt uchun domen qanday tanlanadi?

DOMEN ZONALARI Bir qarashda, sayt uchun domen tanlash oddiy ishdek tuyuladi. Lekin,...

admin 25.02.2019
Maslahatlar

Sifatli blog – 5 qadamda

Blog shaxsiy yoki korporativ PR uchun ajoyib vositadir. Agar siz blogosferani...

admin 25.02.2019

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.

So'nggilari
  • Nega Google reklamada mening e’lonim ko’rinmayapti?
    07.11.2024
    SEO
  • Sayt uchun himoyasi kuchli hosting
    28.11.2022
    Maslahatlar
  • Toshkentda SEO veb-saytini rivojlantirish
    10.03.2022
    Yangiliklar

Eson veb-studiyasi

Biz IT-Park rezidentimiz va internet saytlar: vizitka sayt, landing page, korporativ sayt, internet do’kon, web portallar yaratish bo’yicha xizmatlarni taklif etamiz. Shuningdek saytlarni qo’llab quvvatlash ishlari bilan ham shug’ullanamiz.

© Copyright 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.

BIZ BILAN  BOG’LANING:

Foydali hamkorlikka taklif qilamiz!

+998 97 738-83-11

info@eson.uz