Landing page (bir sahifali sayt) – bu foydalanuvchi e’lonni bosganida saytga kiradigan sahifa. Landing sahifasining asosiy xususiyati shundaki, u harakatga da’vatni o’z ichiga oladi va mehmonga faqat ushbu saytga kelgan ma’lumotni taqdim etadi.

Saytni boshqarish uchun qulay tarkibni boshqarish tizimi (CMS) taqdim etiladi, bu foydalanuvchiga matn va foto materiallarini o’z-o’zidan osongina yangilashga imkon beradi.

Saytni ishlab chiqish vaqti 4 dan 6 haftagacha.

от 4 500 000 сум

Funksional bloklar

Muqova

Saytga tashrif buyuruvchi uchun asosiy ma'lumotlardan tashkil topgan, kompaniyangizning unikal savdo taklifnomasi. Imkoni bo'lsa undagi matnlar raqobatbardosh bo'lishi lozim. Shug'ullaniladigan faoliyat turiga qarab, bunday ma'lumot quyidagilar bo'lishi mumkin: mahsulot narxi (1 donasi uchun 255 000 so'm), yetkazib berish muddati (2 kunda yetkazib berish), ishlab chiqarish joyi (to'g'ridan-to'g'ri Germaniyadan).

Mahsulot tarkibi

Xizmatlarni tavsiflash, mahsulot tarkibi, qismlarini ko'rsatish uchun qo'l keladi.
Agar mahsulot tavsifini ifodalovchi blok mahsulotni butunlay namoyish etda, unda tarkibiy qismlar haqidagi blok mahsulot (xizmat yoki tovarlar)ni qismlarga bo'ladi.

Yutuqlar/afzalliklar haqida blok

Har qanday lending uchun, mashhur kompaniyaning brend mahsuloti uchun, boshqa mahsulotlardan ajratib ko'rsatish uchun qo'llaniladi.
Yuqori raqobatga ega biznes uchun o'ta muhim. Masalan, agar bir necha kompaniyalar bir xil mahsulotni taklif qilishayotgan bo'lishsa, unda ular ichidan boshqalariga nisbatan afzalliklari ko'prog'i yutib chiqadi.

Korxona xodimlari haqida

Xizmat ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanadigan sohaga to'g'ri keladi.

Bu yerdan qaysi kompaniyadan emas, balki aynan kimdan xizmatni olish muhim sohada qo'llagan ma'qul. Masalan, qaysi salonligining farqi yo'q, u yerda ishlaydigan ustaning kimligi muhimroq.

Xamkorlar bloki

Har qanday lendingga to'g'ri keladi.

Agar mashhur tashkilot yoki korxonalar logotipi qo'yilsa, blok mijozlarning ishonchini orttiradi,

СТА (Call-to-action, harakatga undash)

Har qanday lending sahifaga to'g'ri keladi.

"So'rov qoldiring...", "Mutaxassis maslahatiga ega bo'ling" iboralari shu qadar tanishki, tugma qanday rangga ega bo'lishidan qat'i nazar, sayt mehmoni bu blokdagi tugmani avtomatik ravishda bosadi.

Подготовка к раскрутке

ЧПУ

Делает ссылки сайта короткими и понятными для людей, а так же позволяет поисковыми машинами Google, Яндекс распознавать содержимое страниц сайта по URL.

Создание Sitemap

Создание XML-карты сайта для более быстрой работы с поисковыми машинами Google, Яндекс.

Добавление в Google, Яндекс

Добавление страниц сайта в индекс самой популярной поисковой машины Google, а также Яндекс.

Funksionalligi

Mail.ru pochtasini ulash

Sayt domeniga Mail.ru korporativ pochtasi ulab beriladi. Bu sizga cheksiz elektron pochta adreslari va diskda joy taqdim etishi bilan birga, mobil qurilmangiz yordamida erkin kirish imkonini beradi.

Onlayn maslahatchi

Real vaqtda mijozlarni qo'llab-quvvatlash uchun onlayn maslahatchi veb-saytiga joriy etiladi.

Savol va javoblar

Foydalanuvchilar tomonidan eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar ro'yhati.

Izohlar kitobi

Foydalanuvchilarga saytda izoh qoldirish imkonini beradi. Barcha izohlar saytga chiqishdan oldin moderatsiyadan o'tkaziladi.

Jo'natmalarga obuna

Saytda Email jo'natmalariga obunani tashkillashtiradi va jo'natmalarni amalga oshiradi.

Sayt uchun qo'shimcha til

Sayt uchun bir necha til qo'shish imkonini beradi. Tarjimalar qo'lda kiritiladi. Masalan, mazkur sayt.

Joomla, WordPress, Magento - eng mashhur CMS lar

Dunyodagi eng mashhur saytni boshqarish tizimlaridir. Bir necha o'n yillik tarixga ega, 100 mln. lab saytlarga o'rnatilgan. Eng taniqli komponiyalar: ebay, mtv, peugeot, ikea, gorilaz saytlarini ham shu tizimlarda ishlaydi.

Oddiy va qulay

Matnli materiallarni tahrirlash uchun Microsoft Wordga juda o'xshash matn muharriridan foydalaniladi. Administrator paneli to'liq moslashuvchan va mukammal yaratilgan bo'lib, hattoki boshlovchi foydalanuvchi ham osonlik bilan ishlay oladi.

Tezkor

Zo'r optimallashtirilgan kod hostingning minimal resurslaridan foydalanishga va yuqori tezlikda ishlashga imkon beradi.

Xavfsiz

Boshqarish tizimi barcha mashhur hujum usullari va saytlarni buzishlarni hisobga olgan holda qurilgan.

Tekin

Mutlaqo bepul boshqaruv tizimi, bu esa mijozga litsenziya narxini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.

Doimiy yangilanishlar

Saytni boshqarish tizimi dasturchilarining katta jamoasi doimiy ravishda xavfsizlikni ta'minlash uchun yangilanishlar chiqarilishini kuzatib boradi.

Ko'p tillilik

Adaptatsiya davridan o'tish va til to'siqlarini yengib o'tishga hojat yo'q. Bizning CMS siz bilan bir xil tilda "gaplashadi".

Modulli tizim

Boshqaruv tizimi modulli moslashuvchan platformaga asoslangan bo'lib, kelajakda kerakli funksiyalarga ega bo'lgan yangi modullarni o'rnatib funksionallikni osongina kengaytirish imkonini beradi.

Cheklovsiz

Modulligi va o'ylangan arxitektura asosida deyarli xar qanday saytlarni yaratish uchun mos keladi.

Ochiq kod

Boshqaruv tizimi ochiq kod bo'yicha ishlab chiqilgan, bu esa buyurtmachi ijrochiga "bog'lab" qo'ymaydi. Ixtiyoriy dasturchi kelajakda ishlashi mumkin.

Maqsad va vazifalarni aniqlash
Saytni muvaffaqiyatli yaratish va undan samarali foydalanish uchun siz hamma narsani batafsil muhokama qilishingiz, maqsadlarni, muammoning mohiyatini aniqlashingiz kerak.

Namunasini ishlab chiqish
Sayt dizayni namunasini yaratish kelajakda yaratiladigan saytning strukturasini tuzib chiqish uchun juda zarur.

Texnik topshiriqni ishlab chiqish
Har qanday texnik ishda Texnik topshiriq talab qilinadi. Har qanday saytni ishlab chiqishdan oldin "Eson" studiyasi mutaxassislari Texnik topshiriqni tayyorlaydilar, bu esa mijozga 100% ijobiy natija beradi.

Shartnomani imzolash va to'lovlarni to'lash
Texnik topshiriq tuzilgandan so'ng, mijoz "Eson" studiyasi bilan saytni yaratish uchun shartnoma imzolaydi. Shartnoma imzolangandan so'ng, mijoz shartnomada ko'rsatilgan to'lov narxini to'laydi.

Dizaynni yaratish va CMSni o'rnatish
Bu bosqichda "Eson" studiyasi dasturchilari sayt dizaynini yaratishadi, shuningdek Saytni Boshqarish Tizimi(CMS) ni o'rnatishadi.

Funksiyalarni joriy etish
Sayt dizayni yaratilgan va CMS o'rnatilgandan so'ng, dasturchilar Texnik topshiriqda ko'rsatilgan funksiyalarni joriy etishadi.

Ma'lumotlar kiritish
Sayt uchun barcha texnik vazifalar bajarilgandan so'ng, "Eson" studiyasining kontent menejerlari saytga boshlang'ich ma'lumotlarni kiritib chiqishadi. Boshlang'ich ma'lumotlarni kiritish - saytning asosiy va qo'shimcha menyularini yaratish, materiallar va kategoriyalarni to'ldirish hisoblanib, bu saytning funktsional imkoniyatlarini namoyish etish imkonini beradi. Bu taxminan 5-10 sahifadan iborat.

Sinov
Bu bosqichda sayt "Eson" studiyasining testerlariga uni to'liq tekshirib ko'rish, agar kamchiliklar bo'lsa, ularni topish uchun yuboriladi. Barcha kamchiliklar bartaraf etilgandan so'ng mijozga ko'rsatiladi.

Xosting va domenni ro'yxatdan o'tkazish
Agar mijozda sayt uchun xosting va domen bo'lmasa, u holda "Eson" studiyasi xosting va domenni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha tafsiya va yordam beradi.

Saytni xostingga joylashtirish
Xostingni sotib olingan va faollashtirilgandan so'ng, "Eson" studiyasi yaratilgan sayt fayllarini xostingga joylashtiradi.

Buyurtmachini o'rgatish
Sayt xostingga joylashtirilgandan so'ng "Eson" veb-studiyasi mijozni yoki korxonaning mas'ul xodimini sayt bilan ishlashni o'rgatadi. Ta'lim o'rtacha 1-2 soat vaqtni oladi. Saytda ishlash uchun maxsus bilim talab qilinmaydi.

Saytni topshirish
Bu so'nggi bosqich. Agar mijozni hammasi qanoatlantirsa va o'rgatishdan so'ng hech qanday savollar qolmagan bo'lsa, mijozga saytning barcha kerakli ma'lumotlari topshiriladi.