Koreya haqidagi portal – Ovoza.net

2014 yildan buyon internet tarmog’ida ovoza.net nomli sayt mavjud edi. Sayt Janubiy Koreya va O’zbekiston yangiliklarni o’z ichiga olgan, asosiy auditoriyasi Koreya davlatida ishlab yurgan vatandoshlarimiz bo’lgan. Barcha yangiliklar o’zbek tilida joylashtirilgan.

Sayt egasi saytning bo’limlarini kengaytirish, zamonaviy ko’rinishga keltirish, shuningdek mobil ilova yaratishga qaror qildi. Saytni yangiliklar portalidan elektron tijorat portali aylantirish vazifasi turar edi.

Saytga quyidagi bo’limlar qo’shiladigan bo’ldi

1) Market

2) E’lonlar

3) Tekin xizmatlar

4) Aviakassa

5) Kargo

6) Janubiy Koreyaning maskanlari

va boshqalar.

Ovoza.net ning asosiy maqsadi: vatandoshlarimizga Januviy Koreya haqida tushunarli tilda qulay usulda ma’lumotlar berish.

Bu portalni 2 oyda tugalladik. Shuningdek, portal endi o’zining Play Marketda android ilovasiga ham ega.

Asosiy jihati – foydalanuvchilar uchun juda qulay. Saytda murakkab bo’lgan hech narsa qo’shilmadi. Telegramdan foydalana oladigan har qanday inson bu portal bilan ham foydalana oladi.

Masalan: Market – bu elektron tijorat. Odatda elektron tijorat saytlarida savatcha mavjud bo’ladi. Bu saytda esa yo’q. Mahsulot sahifasida sotuvchining telefon raqami va telegram manzili joylashtirilgan. Mijozlar o’zlarini izlagan mahsulotni olishlari uchun sotuvchiga telefon qilishadi va kelishib olishadi. Haqiqiy sharqona bozor.

Saytning eski versiyasida barcha yangiliklarni avaylab yangi saytga joylashtirdik. Birorta ma’lumot o’chib ketmadi.

Endi Ovoza.net – vatandoshlarimizning yengilini oson qiladigan to’loqonli portal.

Sayt manzili: ovoza.net