Chortoq suvi tarixi

Mana shu kunlarda veb studiyamizda “Chortoq” mineral suvi tarixiga atalgan saytni yaratish ishlari yakunlandi va internetga joylashtirildi.  Sayt bir necha tildan iborat: o’zbekcha, ruscha, inglizcha. Dizayni adaptiv: har xil qurilmalarda ochib ko’rish mumkin.

Saytni yaratish ishlarini veb studiyamiz  qizlari Shahrizoda va Nilufar olib borishdi.

«Chortoq» shisha idishli suvi sportchilar orasida ham mashhur: u mashgʼulotlardan keyin mineral-tuz muvozanatini tez tiklashga yordam beradi. Shifokorlar uni oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolash, qandli diabet profilaktikasi, operatsiyadan keyingi tiklanish davrlarida buyurishadi. Shuningdek, ushbu suvni yuqori aqliy faoliyat bilan shugʼullanadigan insonlar ham afzal koʼrishadi: sababi u asabiylik darajasini kamaytiradi va muhim vazifalarga diqqatni jamlashga koʼmaklashadi. Xuddi shu taʼsir jihatidan oʼquvchilarga ham tavsiya etiladi. Chortoq suvi tarkibidagi yod moddasi endokrin tizimiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Har kungi oziq-ovqat mahsulotlarida ushbu mineralning kamligini inobatga olsak, «Chortoq» suvini profilaktika maqsadlarida ichish kattalar va bolalarga koni foydadir.

Sayt manzili: chortoqhistory.com