Ankara Kebap restorani

Ankara Kebap restorani

Topshiriq

Ankara Kebap nomli turk oshxonasi restorani uchun taomlarni yetkazib berish saytini yaratish.

Click, Payme onlayn to’lov tizimlarini ulash.

Sayt ko’p tilli: o’zbekcha, turkcha, inglizcha.

Joyni  onlayn bronlash.

Administratorni saytni boshqarishga o’rgatish.

ресторан Ankara Kebap
Ankara Kebap restorani

COVID – 19 karantini davrida ko’plab oshxona, restoran, kafelab o’z faoliyatini to’xtatib qo’yishdi. Ba’zi birlari zamonga ham nafas onlayn xizmat ko’rsatishga o’tishdi. Bunda mijozlar internet yordamida taomga buyurtma beradi, restoran esa ko’rsatilgan joyga taomni kechiktirmasdan o’z vaqtida yetkazib beradi.

Onlayn yetkazib berish xizmatini yo’lgan qo’ygan restoranlardan biri –  Ankara Kebap restoranidir.

Ankara Kebap restorani –  Toshkent shahrida joylashgan turk oshxonasi restoranidir. Bu yerda mohir oshpazlar shirin taomlarni tayyorlashadi. Ko’p mashhur insonlar bu restoranning doimiy mijozlaridir.

Sayt ishga tushishi bilan endi turk oshxonasi muxlislari uydan chiqmasdan o’zlari sevgan taomlarni xaridorgir narxlarda masofadan turib buyurtma qilishlari mumkin. Buyurtma xizmati ishlashi 24/7.

Saytda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun barchasi muhayyo qilingan. Xaridorlar osonlik bilan taomlarni menyudan savatchaga joylab tanlashlari mumkin. Buyurtma berish shaklini to’ldirishadi. Payme onlayn to’lov tizimi orqali to’lovni amalga oshirishadi.

Web sahifa ko’p tillik :  o’zbekcha, turkcha, inglizcha.

Hozir faqat Payme onlayn to’lov tizimi o’rnatildi. Keyinchalik Click ni ulash ham rejalashtirilmoqda.

Sayt dizayni unikal, adaptiv.

Веб-сайт: ankara.uz

Batafsil
admin 03.06.2020 0 Izohlar

Dropmarket internet magazini

Dropmarket internet magazini

Topshiriq

Termiz shahridagi Yubileyniy bozori sotuvchilari mahsulotlarini sotishga mo’ljallangan Dropmarket internet magazinni yaratish.

Saytda alohida sotuvchilar guruhini yaratish: do’konlar, kafe, oshxona.

Click, Payme onlayn to’lov tizimlarini o’rnatish.

Saytni ikki tilda yaratish: o’zbek va rus tillari.

Sayt administratoriga internet magazindan foydalanishni o’rgatish.

dropmarket internet magazini

Karantin davrida ba’zi offlayn do’konlar faoliyatini onlayn tarzda olib borishdi.

Ko’pchilik tadbirkorlar telegramda guruh, kanal ochib, buyurtmalarni qabul qila boshladilar.

Dropmarket Termiz shahrida mahsulotlarni yetkazib beruvchi internet magazinlarning birinchisidir.

Endi foydalanuvchilar uyda o’tirgan holda do’konlardan mahsulotlarga buyurtma berishlari mumkin.

Dropmarketning afzalligi

Ko’p tadbirkorlar internet do’kon ochish, uni yuritish imkoniyat ega emas.

Dropmarket bu tadbirkorlarga o’z mahsulotni onlayn sotish imkoni beradi.

Xaridorlar ham bir sayt yordamida bir necha do’kondan xarid qila olishadi.

Termiz ko’pmillatli shahar. Shuning uchun ikki tilda yaratildi. Asosiy til davlat tili  –  o’zbekcha.

Hozirgi kunda onlayn to’lov tizimlaridan Click orqali buyurtma berishlari mumkin. Bundan tashqari mahsulotni qabul qilishda naqd pul bilan to’lansa bo’ladi.

Sayt dizayni unikal va adaptiv bo’lib, kompyuter, planshet, zamonaviy mobil telefon qurilmalarida ochiladi.

Buyurtmalar hamisha administrator nazoratida.

Kompaniyamiz tomonidan bonus sifatida logotip ham yaratilib berildi.

Веб-сайт: dropmarket.uz

Batafsil
admin 03.06.2020 0 Izohlar

Mehmonxona GREEN HOUSE HOTEL

Mehmonxona Green House Hotel

Topshiriq

Mehmonxona uchun individual dizayndagi zamonaviy sayt yaratish.

Mehmonxona O’zbekistonning ikki shahrida joylashgan: Toshkent va Buxoro.

Mehmonlarga xonalarni tanlashga imkon beradigan onlayn bronlash xizmatini qo’shish.

Korporativ sayt yaratish.

Mehmonxona xonalari va xostel

Onlayn bronlash xizmati uchun xonalar sahifasini ishlab chiqdik. Bu sahifada xonadagi sharoit, imkoniyatlari, narxi, qo’shimcha xizmatlari batafsil yoritilgan. Xonalarni tanlash uchun qulay izlash asbobi va filtr yaratildi.

Izlash yordamida bronlashdan oldin muayyan sanada xonaning bandligini aniqlash mumkin.

Shuningdek, mehmonlar uchun ko’rsatiladigan qo’shimcha xizmatlar haqida ham ma’lumot joylashtirildi.

Qulay navigatsiya tizimi orqali mehmonlar istalgan vaqtda yetarlicha ma’lumot olishlari mumkin.

Ikki sayt bittada

Yuqorida aytilganidek, mehmonxona ikki filialdan iborat. Birinchi sayt yaratilgandan so’ng, ikkinchi saytni ham yaratib joylashtirdik. Ikki saytning dizayni bir xil, lekin ma’lumotlar mehmonxonalar uchun alohida.

Ikkinchi saytni poddomenga o’rnatdik. Navigatsiyada saytlararo bog’ladik.

Bir saytga kirgan foydalanuvchi ikkinchi saytga qiyinchiliksiz o’tish imkoni mavjud.

Adaptiv dizayn

Sayt dizayni adaptiv. Foydalanuvchilar saytdan foydalanishda ixtiyoriy qurilmani ishlatishlari mumkin: mobil telefon, planshet, noutbuk, desktop kompyuter.

Веб-сайт: greenhouse.uz

Batafsil
admin 21.05.2020 0 Izohlar

Toshkent viloyati yuridik kolleji sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan Toshkent viloyati yuridik kolleji ‘tashkil etilgan.

Toshkent viloyati yuridik kolleji o‘quv-uslubiy faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2018 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”gi 858-son qarori asosida olib boriladi.

Toshkent viloyati yuridik kollejida o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirilgan bo‘lib, bugungi kunda ikkinchi va undan keyingi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 58 nafar o‘quvchi “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. Toshkent viloyati yuridik kolleji o‘quvchilar sig‘imi 600 kishini tashkil etib, hozirda kollejda 141 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.

Sayt yaratish

Hozirgi kunda deyarli barcha o’quv maskanlari o’z veb-sayti ega bo’lib, unda o’quvchilar, o’qituvchilar, abiturienlar va ota- onalari uchun kerakli ma’lumot joylashtiriladi.

Shu maqsadda Toshkent viloyati yuridik kolleji  Eson.uz web -studiyasining sayt yaratish xizmatiga buyurtma berishdi. Sayt yaratish ishlari 15 mart 2020 yilda boshlandi.

Bugungi kunda sayt yaratish ishlari tugallandi.

COVID-2019 karantini vaqtida o’quvchilarga masofaviy dars berish maqsadida saytda Onlayn dars bo’limi yaratildi. Onlayn dars – video va audio ko’rinishidagi dars bo’lib, o’quvchilar istalgan vaqt internet tarmog’i orqali kollej o’qituvchilari tomonidan yaratilgan videodarslar yordamida ta’lim olishlari mumkin.

Onlayn darsda video va audiodan tashqari, ma’ruza matnlari ham joylashtiriladi. Natijada dars mavzusi mustahkamlanadi.

Shuning bilan birga saytda har bir fannning o’quv materiallari ham joylashtirilgan.

Toshkent viloyati yuridik kolleji yangiliklari maxsus Yangiliklar bo’limida joylashtirilgan.

Kollej saytidagi ma’lumotlar 3 tilda yuritiladi: o’zbek, rus, ingliz.

Eson web studiyasi kelajakda ham Toshkent viloyati yuridik kolleji bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Sayt manzili: toshvilyuridik.uz

Batafsil
admin 24.04.2020 0 Izohlar

Koreya haqidagi portal – Ovoza.net

2014 yildan buyon internet tarmog’ida ovoza.net nomli sayt mavjud edi. Sayt Janubiy Koreya va O’zbekiston yangiliklarni o’z ichiga olgan, asosiy auditoriyasi Koreya davlatida ishlab yurgan vatandoshlarimiz bo’lgan. Barcha yangiliklar o’zbek tilida joylashtirilgan.

Sayt egasi saytning bo’limlarini kengaytirish, zamonaviy ko’rinishga keltirish, shuningdek mobil ilova yaratishga qaror qildi. Saytni yangiliklar portalidan elektron tijorat portali aylantirish vazifasi turar edi.

Saytga quyidagi bo’limlar qo’shiladigan bo’ldi

1) Market

2) E’lonlar

3) Tekin xizmatlar

4) Aviakassa

5) Kargo

6) Janubiy Koreyaning maskanlari

va boshqalar.

Ovoza.net ning asosiy maqsadi: vatandoshlarimizga Januviy Koreya haqida tushunarli tilda qulay usulda ma’lumotlar berish.

Bu portalni 2 oyda tugalladik. Shuningdek, portal endi o’zining Play Marketda android ilovasiga ham ega.

Asosiy jihati – foydalanuvchilar uchun juda qulay. Saytda murakkab bo’lgan hech narsa qo’shilmadi. Telegramdan foydalana oladigan har qanday inson bu portal bilan ham foydalana oladi.

Masalan: Market – bu elektron tijorat. Odatda elektron tijorat saytlarida savatcha mavjud bo’ladi. Bu saytda esa yo’q. Mahsulot sahifasida sotuvchining telefon raqami va telegram manzili joylashtirilgan. Mijozlar o’zlarini izlagan mahsulotni olishlari uchun sotuvchiga telefon qilishadi va kelishib olishadi. Haqiqiy sharqona bozor.

Saytning eski versiyasida barcha yangiliklarni avaylab yangi saytga joylashtirdik. Birorta ma’lumot o’chib ketmadi.

Endi Ovoza.net – vatandoshlarimizning yengilini oson qiladigan to’loqonli portal.

Sayt manzili: ovoza.net

Batafsil
admin 24.02.2020 0 Izohlar

Qadam.shop – Farg’onadagi internet magazin

Fevral oyi yilning eng qisqa oyi bo’lishiga qaramasdan, bu oy eng sermahsul oy bo’ldi. Yaqinda biz jamoamiz bilan Farg’ona uchun internet magazinni ishlab chiqdik – qadam.shop.

Bu saytning asosiy jihati: minimallik. Saytda o’quv qurollari, parfyumeriya, elektronika, maishiy texnika mahsulotlari va boshqalar sotiladi. Mijozlar asosan Farg’ona vodiysi aholisi. Odatda internet magazinlar boshqa saytlarga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega. Foydalanuvchidan ko’proq bilim talab qilinadi. Biz esa mijozimizning talabidan kelib chiqib, tub aholi vakillari uchun faqat eng kerakli narsalarni qoldirdik.

Endi bu saytdan foydalanish uchun internet magazin mijozidan ko’p bilim talab qilinmaydi. Hatto yosh bolalar ham buyurtma qilishlari mumkin.

Sayt ikki tilda yaratildi: o’zbek va rus tillari. O’zbek tili kirilcha versiyasi tanlandi. Katta yoshdagi insonlarining ko’pchiligi uchun kirilcha yozuv juda qulay.

Internet magazin qayday ishlaydi?

Mijozlar o’ziga kerakli mahsulotlarni savatchaga joylashtirishadi. Har bir mahsulot savatchaga joylashtirilganda avtomat ravishda narx hisoblanadi.

Kerakli mahsulotlar tanlangandan so’ng, buyurtma qilinadi.

Ekranda ochilgan shaklni mijoz to’ldiradi hamda buyurtma qiladi.

Bir necha daqiqadan so’ng, internet magazin xodimi mijozga telefon qilib buyurtmaga oid savollar beradi. Mahsulot mijozga yetkaziladi.

Mijoz mahsulotni qabul qilib olayotganda to’lovni amalga oshiradi.

Hammasi qulay. Mijoz o’ziga kerakli mahsulotni uyda yoki ishxonada o’tirgan holda sotib oldi.

Innan keyinchi?

Hozirgi kunda ko’pchilik foydalanuvchilar internetdan mobil telefonlari yordamida foydalanishadi. O’zbekistonda kompyuterlardan mobil telefonlar ko’proq. Shuning uchun Qadam.shop internet magazini adaptiv dizaynda yaratildi. Ya’ki, har qanday qurilma uchun moslashtirilgan: kompyuter, planshet, mobil telefon.

Bundan tashqari biz Android uchun mobil ilova ham yaratdik. Siz bu ilovani internet magazindan yuklab olishingiz mumkin.

Hozirgi kunda internet magazin mahsulotlar bilan boyitilmoqda.

Tez kunlarda kirib, mahsulotlarga buyurtma berishingiz mumkin.

Sayt manzili:  qadam.shop

Batafsil
admin 24.02.2020 0 Izohlar

Chortoq suvi tarixi

Mana shu kunlarda veb studiyamizda “Chortoq” mineral suvi tarixiga atalgan saytni yaratish ishlari yakunlandi va internetga joylashtirildi.  Sayt bir necha tildan iborat: o’zbekcha, ruscha, inglizcha. Dizayni adaptiv: har xil qurilmalarda ochib ko’rish mumkin.

Saytni yaratish ishlarini veb studiyamiz  qizlari Shahrizoda va Nilufar olib borishdi.

«Chortoq» shisha idishli suvi sportchilar orasida ham mashhur: u mashgʼulotlardan keyin mineral-tuz muvozanatini tez tiklashga yordam beradi. Shifokorlar uni oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolash, qandli diabet profilaktikasi, operatsiyadan keyingi tiklanish davrlarida buyurishadi. Shuningdek, ushbu suvni yuqori aqliy faoliyat bilan shugʼullanadigan insonlar ham afzal koʼrishadi: sababi u asabiylik darajasini kamaytiradi va muhim vazifalarga diqqatni jamlashga koʼmaklashadi. Xuddi shu taʼsir jihatidan oʼquvchilarga ham tavsiya etiladi. Chortoq suvi tarkibidagi yod moddasi endokrin tizimiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Har kungi oziq-ovqat mahsulotlarida ushbu mineralning kamligini inobatga olsak, «Chortoq» suvini profilaktika maqsadlarida ichish kattalar va bolalarga koni foydadir.

Sayt manzili: chortoqhistory.com

Batafsil
admin 25.01.2020 0 Izohlar

Innstan Travel – sayyohlik agentligi

INNSTAN TRAVEL – sayohat qilish odamni chinakam baxtli qiladi degan fikrga ega bo’lgan bir guruh odamlar. Sizga qulaylik va qulaylik uchun biz doimo eng yaxshisini qidiramiz! Biz sizning ishonchingizni qadrlaymiz va barcha istaklaringizni inobatga olgan holda samarali ishlaymiz. Bizning jamoamiz uchun sayohat va turizm nafaqat so’zlar, balki ma’no va turmush tarzi. Kundalik hayotda biz ham “sayohat yashash demakdir” degan iboraga amal qilamiz. Biz chin dildan ishonamizki, yangi davlatlarga tashrif buyurish insonni yanada baxtli va baxtli qiladi. Biz sizning barcha qulayliklaringizni inobatga olgan holda barcha mijozlarimiz uchun eng esda qolarli bayramlarni tashkil etishga intilamiz. Turizm sohasidagi bilimlarimiz va aloqalar tarmog’i har qanday didga mos ravishda yuqori sifatli turlar portfelini yaratishga imkon beradi. Biz har doim mehmonlarimizga sifatli, xavfsiz va maroqli dam olish uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz. INNSTAN TRAVEL yordamida yangi ufqlarni kashf eting va o’zingizga quyoshli musbat dengiz bering!
“Dunyoga qarang. U orzulardan ham g’aroyibroqdir ”(Rey Bradberi)

Sayt manzili: innstan-travel.com

Batafsil
admin 24.12.2019 0 Izohlar

G’allaorol Kaliy Fosfat – mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavod

O’zining mineral mahsulotlari tufayli “Gallaorol Kaliy Fosfat” MCHJ fermerlarga global oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berishda yordam beradi, sanoatning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi, iste’molchilarning hayotini boyitadi va qishda xavfsizligini ta’minlaydi. Ular mineral o’g’itlarga tobora ortib borayotgan talabni, asosan, O’zbekiston va MDH mamlakatlaridagi ishlab chiqarish maydonlarida qondirmoqdalar.

Batafsil
admin 24.12.2019 0 Izohlar

Scholar – O’zbekistondagi onlayn ta’lim

Scholar ta’lim instituti – O’zbekistondagi birinch va yagona onlayn ta’lim platformasi bo’lib, unda respublikamizning har bir nuqtasidan odamlar o’qiy olishadi. Darslar xalqaro malaka va ko’nikmaga ega bo’lgan mutaxassis o’qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Scholarning asosiy maqsadi yurtimizdagi minglab yoshlarning yorqin kelajagi uchun yo’l ochishdir. Yana bir maqsad – aholining onlayn ta’limga bo’lgan munosabatini ozgartirish, hamma uchun uzluksiz ta’lim olishni kafolatlash.

Sayt manzili: scholar.uz

Batafsil
admin 04.12.2019 0 Izohlar