Internet portal – bu sizning individual hohishingizga ko’ra yaratiladigan har qanday servis yoki savdo platformasi. Bu elonlar taxtasi, frilanserlar birjasi yoki ijtimoiy tarmoq bo’lishi mumkin.

Hammasi sayt turiga bog’liq. Internet portalni yaratishda shablon yechimlardan foydalanilmaydi, balki alohida tizim va algoritm yaratishni joriy etishga olib keladi.

Saytni yaratish muddati 6 dan 8 haftagacha.

4 000 000 so'mdan

Asosiy

Saytning unikal moslashuvchan dizayni

Mijozning hohishi va talabiga ko'ra professional dasturchilar tomonidan saytning unikal dizayni yaratiladi. Internet do'kon uchun 3 sahifa ishlab chiqiladi: asosiy, ichki va aloqa sahifasi, lekin mijozning iltimosiga binoan qo'shimcha sahifalar tayyorlanishi mumkin.

Saytni boshqarish tizimi

Saytni boshqarish uchun qulay Saytni Boshqarish Tizimi (CMS) mo'ljallangan bo'lib, u foydalanuvchiga matnli va rasmli materiallarni o'z kuchi bilan qiyinchiliksiz yangilash imkonini beradi. Saytlarni yaratishda biz eng qulay va mashhur WordPress CMSdan foydalanamiz.

Saytga ma'lumotlar joylashtirish

Sayt yaratish jarayonida uning barcha ishlash funksiyalarini hali internet joylashtirmasdan ko'rish uchun ma'lumotlar joylashtiriladi. Bu ma'lumotlar demo ma'lumot hisoblanadi.

Krossbrauzerlik

Har bir sayt barcha mashhur brauzerlar: Internet Explorer, Firefox, Chrome, Safari, Operada to'g'ri ko'rsatilishi uchun moslashtiriladi.

Sinov

Har bir sayt yaratilganidan so'ng "Eson" studiyasida sinovdan o'tkaziladi. Dizaynining to'g'riligi, to'g'ri ishlashi va texnik topshiriqlardagi funksiyalarning bajarilishi tekshirib ko'riladi.

Sayt bilan ishlashga o'rgatish

Sayt yaratilib, sinovdan o'tkazilgandan so'ng mijoz sayt bilan ishlashga o'rgatiladi. Ta'lim o'rtacha 1-2 soat atrofida bo'ladi, juda do'stona muhitda o'tadi.

Reklama uchun tayyorgarlik

ITU (Insonga Tushunarli URL)

Sayt havolalarini odamlar uchun qisqa va tushunarli qiladi, shuningdek, Google, Yandex qidiruv mashinalari orqali sayt sahifalarining mazmunini URL orqali tanib olish imkonini beradi.

Sitemap yaratish

Google, Yandex qidiruv mashinalari bilan tezroq ishlash uchun saytning XML - xaritasini yaratish.

Google, Yandexga joylashtirish

Sayt sahifalarini eng mashhur Google hamda Yandex qidiruv mashinalariga qo'shish.

E'lonlar taxtasi

Sayt foydalanuvchilar tomonidan ehtiyoriy mavzudagi e'lonlarni joylashtirishga mo'ljallangan.

Frilans birjasi

Ijroji va buyurtmachilar uchun frilans birjasi.

Onlayn bronlash sayti

Mehmonxonadagi xonalarni onlayn band qilish uchun sayt. Yoki bu restoran, kinoteatr uchun ishlatilishi ham mumkin.

Biletlar savdosi

Konsert va festivallar uchun biletlarni onlayn xarid qilish maydonchasi.

Yangilik portali

Kun.uz, xabar.uz singari doimiy yangiliklar uchun mo'ljallangan keng miqyosdagi yangilik portali.

Ijtimoiy tarmoq

Aholining turli qatlamlari uchun mo'ljallangan ijtimoiy tarmoq. Shaxsiy facebook, odnoklassniki singari ijtimoiy tarmoqqa ega bo'ling!

Funksionalligi

Mail.ru pochtasini ulash

Sayt domeniga Mail.ru korporativ pochtasi ulab beriladi. Bu sizga cheksiz elektron pochta adreslari va diskda joy taqdim etishi bilan birga, mobil qurilmangiz yordamida erkin kirish imkonini beradi.

Onlayn maslahatchi

Real vaqtda mijozlarni qo'llab-quvvatlash uchun onlayn maslahatchi veb-saytiga joriy etiladi.

Savol va javoblar

Foydalanuvchilar tomonidan eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar ro'yhati.

Izohlar kitobi

Foydalanuvchilarga saytda izoh qoldirish imkonini beradi. Barcha izohlar saytga chiqishdan oldin moderatsiyadan o'tkaziladi.

Jo'natmalarga obuna

Saytda Email jo'natmalariga obunani tashkillashtiradi va jo'natmalarni amalga oshiradi.

Sayt uchun qo'shimcha til

Sayt uchun bir necha til qo'shish imkonini beradi. Tarjimalar qo'lda kiritiladi. Masalan, mazkur sayt.

Joomla, WordPress, Magento - eng mashhur CMS lar

Dunyodagi eng mashhur saytni boshqarish tizimlaridir. Bir necha o'n yillik tarixga ega, 100 mln. lab saytlarga o'rnatilgan. Eng taniqli komponiyalar: ebay, mtv, peugeot, ikea, gorilaz saytlarini ham shu tizimlarda ishlaydi.

Oddiy va qulay

Matnli materiallarni tahrirlash uchun Microsoft Wordga juda o'xshash matn muharriridan foydalaniladi. Administrator paneli to'liq moslashuvchan va mukammal yaratilgan bo'lib, hattoki boshlovchi foydalanuvchi ham osonlik bilan ishlay oladi.

Tezkor

Zo'r optimallashtirilgan kod hostingning minimal resurslaridan foydalanishga va yuqori tezlikda ishlashga imkon beradi.

Xavfsiz

Boshqarish tizimi barcha mashhur hujum usullari va saytlarni buzishlarni hisobga olgan holda qurilgan.

Tekin

Mutlaqo bepul boshqaruv tizimi, bu esa mijozga litsenziya narxini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.

Doimiy yangilanishlar

Saytni boshqarish tizimi dasturchilarining katta jamoasi doimiy ravishda xavfsizlikni ta'minlash uchun yangilanishlar chiqarilishini kuzatib boradi.

Ko'p tillilik

Adaptatsiya davridan o'tish va til to'siqlarini yengib o'tishga hojat yo'q. Bizning CMS siz bilan bir xil tilda "gaplashadi".

Modulli tizim

Boshqaruv tizimi modulli moslashuvchan platformaga asoslangan bo'lib, kelajakda kerakli funksiyalarga ega bo'lgan yangi modullarni o'rnatib funksionallikni osongina kengaytirish imkonini beradi.

Cheklovsiz

Modulligi va o'ylangan arxitektura asosida deyarli xar qanday saytlarni yaratish uchun mos keladi.

Ochiq kod

Boshqaruv tizimi ochiq kod bo'yicha ishlab chiqilgan, bu esa buyurtmachi ijrochiga "bog'lab" qo'ymaydi. Ixtiyoriy dasturchi kelajakda ishlashi mumkin.

Maqsad va vazifalarni aniqlash
Saytni muvaffaqiyatli yaratish va undan samarali foydalanish uchun siz hamma narsani batafsil muhokama qilishingiz, maqsadlarni, muammoning mohiyatini aniqlashingiz kerak.

Namunasini ishlab chiqish
Sayt dizayni namunasini yaratish kelajakda yaratiladigan saytning strukturasini tuzib chiqish uchun juda zarur.

Texnik topshiriqni ishlab chiqish
Har qanday texnik ishda Texnik topshiriq talab qilinadi. Har qanday saytni ishlab chiqishdan oldin "Eson" studiyasi mutaxassislari Texnik topshiriqni tayyorlaydilar, bu esa mijozga 100% ijobiy natija beradi.

Shartnomani imzolash va to'lovlarni to'lash
Texnik topshiriq tuzilgandan so'ng, mijoz "Eson" studiyasi bilan saytni yaratish uchun shartnoma imzolaydi. Shartnoma imzolangandan so'ng, mijoz shartnomada ko'rsatilgan to'lov narxini to'laydi.

Dizaynni yaratish va CMSni o'rnatish
Bu bosqichda "Eson" studiyasi dasturchilari sayt dizaynini yaratishadi, shuningdek Saytni Boshqarish Tizimi(CMS) ni o'rnatishadi.

Funksiyalarni joriy etish
Sayt dizayni yaratilgan va CMS o'rnatilgandan so'ng, dasturchilar Texnik topshiriqda ko'rsatilgan funksiyalarni joriy etishadi.

Ma'lumotlar kiritish
Sayt uchun barcha texnik vazifalar bajarilgandan so'ng, "Eson" studiyasining kontent menejerlari saytga boshlang'ich ma'lumotlarni kiritib chiqishadi. Boshlang'ich ma'lumotlarni kiritish - saytning asosiy va qo'shimcha menyularini yaratish, materiallar va kategoriyalarni to'ldirish hisoblanib, bu saytning funktsional imkoniyatlarini namoyish etish imkonini beradi. Bu taxminan 5-10 sahifadan iborat.

Sinov
Bu bosqichda sayt "Eson" studiyasining testerlariga uni to'liq tekshirib ko'rish, agar kamchiliklar bo'lsa, ularni topish uchun yuboriladi. Barcha kamchiliklar bartaraf etilgandan so'ng mijozga ko'rsatiladi.

Xosting va domenni ro'yxatdan o'tkazish
Agar mijozda sayt uchun xosting va domen bo'lmasa, u holda "Eson" studiyasi xosting va domenni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha tafsiya va yordam beradi.

Saytni xostingga joylashtirish
Xostingni sotib olingan va faollashtirilgandan so'ng, "Eson" studiyasi yaratilgan sayt fayllarini xostingga joylashtiradi.

Buyurtmachini o'rgatish
Sayt xostingga joylashtirilgandan so'ng "Eson" veb-studiyasi mijozni yoki korxonaning mas'ul xodimini sayt bilan ishlashni o'rgatadi. Ta'lim o'rtacha 1-2 soat vaqtni oladi. Saytda ishlash uchun maxsus bilim talab qilinmaydi.

Saytni topshirish
Bu so'nggi bosqich. Agar mijozni hammasi qanoatlantirsa va o'rgatishdan so'ng hech qanday savollar qolmagan bo'lsa, mijozga saytning barcha kerakli ma'lumotlari topshiriladi.