Bizning saytni yuritish xizmatidan foydalanib, saytdagi ma’lumotlarni yangilab turish va sayt ishini nazorat qilish kabi muammolardan qutilasiz.

Kompaniyamiz mavjud saytlarni texnik va axborotli qo’llab-quvvatlash bilan shug’ullanadi. “Saytni yuritish” tushunchasiga saytga administratorlik qilish, ma’lumotlarini yangilash va modernizatsiya qilish kabi ishlar kiradi.

Bu sahifada Siz kompaniyamiz tomonidan taklif etilayotgan saytni yuritish xizmatlari narxlari bilan tanishasiz. Saytni yuritish narxi – ma’lumotlar hajmi va turi, saytning strukturasiga bog’liq. Biz bo’lajak mijozlarimizga ishlarni yuqori sifatli bajarish bilan birgalikda o’rtacha narxlarni taklif qilamiz.

Saytga ma'lumot joylashtirish
Mazkur xizmat doirasiga saytdagi matnli va rasmli axborotlarni yangilash kiradi, bu sayt bo’limlarini yaxshi holatda ushlab turish uchun lozim. Mutaxassislarimiz yangiliklar va maqolalarni saytga joylashtirishadi, shuningdek saytning yangi bo’limlarini matn bilan to’ldirishadi, video, banner,  rasm qo’shishadi, internet do’kon katalogiga yangi mahsulotlarni kiritishadi.

Har qanday saytda ertami, kechmi biror bir ma’lumotni o’zgarish kerak bo’ladi. Bu hoh telefon raqami yoki tashkilot manzili. Mana shu holatda sayt egasi qisqa muddatda mazkur ishlarni bajarishga tayyor mutaxasisni izlashga tushadi. Siz bizning kompaniyamizga murojaat qilib, professionallar yordamida saytingizning ma’lumotlarini o’zgartirishga bog’liq har qanday vazifalarni yechish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Saytni texnik qo'llab quvvatlash
Har qanday sayt bu har xil texnologiyalardan foydalanib tuzilgan o’ta murakkab mexanizmdir.  Saytning ishi bir qator sabablarga ko’ra ixtiyoriy vaqtda to’xtab qolishi yoki buzishi mumkin, ammo eng yoqimsizi – sayt abadiy o’chib ketishi mumkin. Uni yaratishga, keyinchalik rivojlantirishga ketgan mablag’ va kuch sarfini hisobga oladigan bo’lsak, bu holat sayt egasi uchun katta yo’qotishdir.

Saytni texnik qo’llab quvvatlash deb sayt ishini nazoratga olish, ish faoliyati davomida sodir bo’ladigan xato va buzilishlarni bartaraf etish tushuniladi. Domen va xosting xizmatlari to’lovini o’z vaqtida to’lash uchun monitoring olib boriladi. Sayt  ishi bilan bog’liq turli texnik masalalarni hal qilish uchun xosting xizmatini taqdim etuvchi kompaniya bilan mijoz nomidan muzokaralar olib borish funktsiyasi ham bizning vazifaga kiradi.

Saytdagi matnni yangilash

Saytga matnlar joylashtirish va yangilash xizmatini taqdim etadimiz.

Saytdagi rasmlarni yangilash

Shuningdek saytga rasmlarni yuklash va yangilash xizmati bilan ham shug'ullanamiz.

Xujum yoki nosozlikdan so'ng tiklash

Mijoz tomonidan yo'l qo'yilgan xatolik, buzilish yoki xujumlardan so'ng saytni tiklash xizmatini amalga oshiramiz.

Mijoz yo'l qo'ygan xatoliklarni tuzatish

Biz bilan shartnoma tuzgan mijoz biror xatolikka yo'l qo'yganda bizga murojaat qilish imkoniga ega bo'ladi.

Dizaynning grafik elementlarini o'zgartirish

Saytning butun yoki qisman dizaynini o'zgartirish.

Saytning funksional imkoniyatlarini o'zgartirish

Saytga plagin, komponentlarni yaratish, o'rnatish yoki o'zgartirish.
Saytga bir martalik xizmat ko'rsatish narxlari

Jadvalda nisbiy narxlar ko’rsatilgan va aniq narx saytni to’liq tahlil qilingandan so’nggina aytiladi.

Saytni bir martalik yangilash ishlari Narxi / so’m
Kontentni o’zgartirish (telefon raqami, manzil va h.z.) 50 000
1 sahifani verstka qilish va ma’lumot joylashtirish(A4, Times New Roman, 12 kegl) 50 000
Rasmni veb optimatsiyalash va joylashtirish (1 rasm) 15000
Yangi sahifani yaratish, uning uchun menu va havolani qo’shish 75 000
Jadval joylashtirish (1 dona) 50 000
Menyuni yoki havolani o’zgartirish 50 000
Teskari aloqa shakli 150 000
Bannerni joylashtirish (1 banner) 25 000
Saytdan foydalanish statistikasini yig’uvchi skriptni o’rnatish (yandex metrika, google analytics va h.z.) 75 000
Saytni boshqa xostingga ko’chirish Стоимость/сум
Standart veb-saytni ko’chirish 200 000
Veb-sayt, ma’lumotlar ombori va skriptlarni ko’chirish 400 000
CMS (Bitrix, Joomla, WordPress va h.z.) da yaratilgan saytni ko’chirish 500 000
Dizayn Стоимость/сум
Buyurtmachining firma stili asosida sayt shabloni yaratish 1 000 000
Korxona logotipini yaratish (3 variantda) 500 000
Statik banner (JPG, GIF, PNG) 50 000
Animatsiyali banner (GIF to 3 kadrgacha ) 100 000
Saytni oylik qo'llab-quvvatlash tariflari

Saytni yoki internet do’konni yuritish narxi bajariladigan ish hajmi va murakkabligiga bog’liq, ishga qarab kerakli mutaxasislar jalb etiladi.

Bonlang'ich

350000
so'm/oyiga
  • 10 sahifa matnini yangilash;
  • 10 sahifa  rasmini yangilash;
  • 1 marta/oyida saytni nusxasini olish;
  • Xatolarni tezkorlikda bartaraf etish; 

Optimal

700000
so'm/oyiga
  • 20+ sahifa  matnlarini yangilash;
  • 20+ sahifa  rasmlarini yangilash;
  • 1 marta/oyida sayt nusxasini olish;
  • Xatolarni tezkorlikda bartaraf etish; 
  • Saytning funksional imkoniyatlarini o’zgartirish
  • Saytga bo’limlar qo’shish va o’zgartirish
  • Sayt dizayni grafik elementlarini o’zgartirish

Premium

1400000
so'm/oyiga
  • 40+ sahifa  matnlarini yangilash;
  • 40+ sahifa  rasmlarini yangilash;
  • 2 marta/oyida sayt nusxasini olish;
  • Xatolarni tezkorlikda bartaraf etish; 
  • Saytning funksional imkoniyatlarini o’zgartirish
  • Saytga bo’limlar qo’shish va o’zgartirish
  • Sayt dizayni grafik elementlarini o’zgartirish
O'zaro hamkorlik tartibi
Buyurtmachi emailiga tanishib chiqish uchun shartnoma yuboriladi. Tomonlarning roziligi bilan shartnoma to'ldiriladi va imzolanadi. Shartnoma asl nusxasi kuryerdan yoki pochta orqali yuboriladi. Jarayonni tezlashtirish uchun bizga pechat qo'yilgan shartnoma skan nusxasini email orqali yuborishingiz mumkin.
Xizmat xaqi 100% oldindan to'lanadi. Hisob-kitob shartnomada ko'rsatilgan miqdorda amalga oshiriladi. Ishlar to'lovni tasdiqlaganidan keyin bajariladi.
Shartnoma doirasidagi vazifalarni bajarish uchun biz sizning saytingizga to'liq kirish imkoniyatiga ega bo'lishimiz kerak. Buyurtmachi bizning emailimizga FTP/SSH, MYSQL ga kirish ma'lumotlarini yuboradi. Bu ma'lumotlarga login va parol kiradi.
Ijrochi ishlarni tugatgandan so'ng, buyurtmachi natijalarni tekshirib ko'radi va kerak bo'lganda o'zgarishlarni kiritadi. Agar buyurtmachi ish bilan qanoatlansa, ijrochi tomonidan unga soliq.uz sayti yordamida schet-faktura yuboriladi. Shunday qilib ish tugallangan hisoblanadi.
So’rov qoldiring

Biznes bilan shug'ullaning. Ishning texnik tomonini biz bajaramiz.
Saytlarni qo’llab – quvvatlash Eson veb-studiyasining asosiy faoliyati hisoblanadi. Biz quyidagilarga kafolat beramiz:
  • Tarif rejaga amal qilgan holda berilgan vazifalarni tezlikda bajarish;
  • Saytingizning uzluksiz ishlashini, har qanday tahdidlar (viruslar, buzishlar va h.z.) dan himoyasini ta’minlash;
  • Saytingizdan ishonchli rezerv nusxa ko’chirib qo’yish;