Toshkent viloyati yuridik texnikumi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan Toshkent viloyati yuridik kolleji ‘tashkil etilgan.

Toshkent viloyati yuridik kolleji o‘quv-uslubiy faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2018 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”gi 858-son qarori asosida olib boriladi.

Toshkent viloyati yuridik kollejida o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirilgan bo‘lib, bugungi kunda ikkinchi va undan keyingi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 58 nafar o‘quvchi “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. Toshkent viloyati yuridik kolleji o‘quvchilar sig‘imi 600 kishini tashkil etib, hozirda kollejda 141 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.

Sayt yaratish

Hozirgi kunda deyarli barcha o’quv maskanlari o’z veb-sayti ega bo’lib, unda o’quvchilar, o’qituvchilar, abiturienlar va ota- onalari uchun kerakli ma’lumot joylashtiriladi.

Shu maqsadda Toshkent viloyati yuridik kolleji  Eson.uz web -studiyasining sayt yaratish xizmatiga buyurtma berishdi. Sayt yaratish ishlari 15 mart 2020 yilda boshlandi.

Bugungi kunda sayt yaratish ishlari tugallandi.

COVID-2019 karantini vaqtida o’quvchilarga masofaviy dars berish maqsadida saytda Onlayn dars bo’limi yaratildi. Onlayn dars – video va audio ko’rinishidagi dars bo’lib, o’quvchilar istalgan vaqt internet tarmog’i orqali kollej o’qituvchilari tomonidan yaratilgan videodarslar yordamida ta’lim olishlari mumkin.

Onlayn darsda video va audiodan tashqari, ma’ruza matnlari ham joylashtiriladi. Natijada dars mavzusi mustahkamlanadi.

Shuning bilan birga saytda har bir fannning o’quv materiallari ham joylashtirilgan.

Toshkent viloyati yuridik kolleji yangiliklari maxsus Yangiliklar bo’limida joylashtirilgan.

Kollej saytidagi ma’lumotlar 3 tilda yuritiladi: o’zbek, rus, ingliz.

Eson web studiyasi kelajakda ham Toshkent viloyati yuridik kolleji bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Sayt manzili: toshvilyuridik.uz