Qadam.shop – Farg’onadagi internet magazin

Fevral oyi yilning eng qisqa oyi bo’lishiga qaramasdan, bu oy eng sermahsul oy bo’ldi. Yaqinda biz jamoamiz bilan Farg’ona uchun internet magazinni ishlab chiqdik – qadam.shop.

Bu saytning asosiy jihati: minimallik. Saytda o’quv qurollari, parfyumeriya, elektronika, maishiy texnika mahsulotlari va boshqalar sotiladi. Mijozlar asosan Farg’ona vodiysi aholisi. Odatda internet magazinlar boshqa saytlarga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega. Foydalanuvchidan ko’proq bilim talab qilinadi. Biz esa mijozimizning talabidan kelib chiqib, tub aholi vakillari uchun faqat eng kerakli narsalarni qoldirdik.

Endi bu saytdan foydalanish uchun internet magazin mijozidan ko’p bilim talab qilinmaydi. Hatto yosh bolalar ham buyurtma qilishlari mumkin.

Sayt ikki tilda yaratildi: o’zbek va rus tillari. O’zbek tili kirilcha versiyasi tanlandi. Katta yoshdagi insonlarining ko’pchiligi uchun kirilcha yozuv juda qulay.

Internet magazin qayday ishlaydi?

Mijozlar o’ziga kerakli mahsulotlarni savatchaga joylashtirishadi. Har bir mahsulot savatchaga joylashtirilganda avtomat ravishda narx hisoblanadi.

Kerakli mahsulotlar tanlangandan so’ng, buyurtma qilinadi.

Ekranda ochilgan shaklni mijoz to’ldiradi hamda buyurtma qiladi.

Bir necha daqiqadan so’ng, internet magazin xodimi mijozga telefon qilib buyurtmaga oid savollar beradi. Mahsulot mijozga yetkaziladi.

Mijoz mahsulotni qabul qilib olayotganda to’lovni amalga oshiradi.

Hammasi qulay. Mijoz o’ziga kerakli mahsulotni uyda yoki ishxonada o’tirgan holda sotib oldi.

Innan keyinchi?

Hozirgi kunda ko’pchilik foydalanuvchilar internetdan mobil telefonlari yordamida foydalanishadi. O’zbekistonda kompyuterlardan mobil telefonlar ko’proq. Shuning uchun Qadam.shop internet magazini adaptiv dizaynda yaratildi. Ya’ki, har qanday qurilma uchun moslashtirilgan: kompyuter, planshet, mobil telefon.

Bundan tashqari biz Android uchun mobil ilova ham yaratdik. Siz bu ilovani internet magazindan yuklab olishingiz mumkin.

Hozirgi kunda internet magazin mahsulotlar bilan boyitilmoqda.

Tez kunlarda kirib, mahsulotlarga buyurtma berishingiz mumkin.

Sayt manzili:  qadam.shop