Dropmarket- savdo maydonchasi mobil ilovasi
«Dropmarket» android qurilmalar uchun yaratilgan mobil ilova bo’lib, Play Marketda joylashtirilgan.
«Dropmarket» – Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do’kondir. Bu magazin uchun biz internet – magazin yaratib ishga tushirdik. Dropmarketning boshqa internet magazinlardan farqi, u yerda bir necha magazin va kafelar mahsulotlari joylashtirilgan.
Bu ilovadan foydalanib Termiz shahrida yashovchi aholi o’zlariga kerakli mahsulotlarga buyurtma berishlari mumkin.