Dropmarket internet magazini

Dropmarket internet magazini

Topshiriq

Termiz shahridagi Yubileyniy bozori sotuvchilari mahsulotlarini sotishga mo’ljallangan Dropmarket internet magazinni yaratish.

Saytda alohida sotuvchilar guruhini yaratish: do’konlar, kafe, oshxona.

Click, Payme onlayn to’lov tizimlarini o’rnatish.

Saytni ikki tilda yaratish: o’zbek va rus tillari.

Sayt administratoriga internet magazindan foydalanishni o’rgatish.

dropmarket internet magazini

Karantin davrida ba’zi offlayn do’konlar faoliyatini onlayn tarzda olib borishdi.

Ko’pchilik tadbirkorlar telegramda guruh, kanal ochib, buyurtmalarni qabul qila boshladilar.

Dropmarket Termiz shahrida mahsulotlarni yetkazib beruvchi internet magazinlarning birinchisidir.

Endi foydalanuvchilar uyda o’tirgan holda do’konlardan mahsulotlarga buyurtma berishlari mumkin.

Dropmarketning afzalligi

Ko’p tadbirkorlar internet do’kon ochish, uni yuritish imkoniyat ega emas.

Dropmarket bu tadbirkorlarga o’z mahsulotni onlayn sotish imkoni beradi.

Xaridorlar ham bir sayt yordamida bir necha do’kondan xarid qila olishadi.

Termiz ko’pmillatli shahar. Shuning uchun ikki tilda yaratildi. Asosiy til davlat tili  –  o’zbekcha.

Hozirgi kunda onlayn to’lov tizimlaridan Click orqali buyurtma berishlari mumkin. Bundan tashqari mahsulotni qabul qilishda naqd pul bilan to’lansa bo’ladi.

Sayt dizayni unikal va adaptiv bo’lib, kompyuter, planshet, zamonaviy mobil telefon qurilmalarida ochiladi.

Buyurtmalar hamisha administrator nazoratida.

Kompaniyamiz tomonidan bonus sifatida logotip ham yaratilib berildi.

Веб-сайт: dropmarket.uz