Dorigar veb-portali

dorigar.uz veb-portali

Topshiriq:

Bemorlar va shifokorlarga dori-darmonlarni cheklangan chakana narxlarda olishlariga yordam beruvchi dorigar.uz veb-portalini yaratish

Sayt ko’p tilli : rus, o’zbek.

Yandex, Google qidiruv tizimlarida ro’yxatdan o’tish.

Google va Yandex qidiruv tizimlari uchun veb-saytlarni optimallashtirish.

Saytni boshqarish uchun administratorni o’rgatish

Loyiha haqida

Biz Dorigar platformasini ishlab chiqdik, chunki har bir o`zbekistonlik xavfsiz va arzon dori vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. Agar siz O`zbekistonda yashasangiz, bilasizki, eng oddiy dori-darmonlar ham qimmatga tushishi mumkin. Ko`p odamlar sog`lom bo`lish uchun har oy juda ko`p pul sarflashadi. Hech bir o`zbekistonlik oddiy retsept bo`yicha beriladigan dori-darmonlarni sotib olishga qurbi yo`qligi uchun qiynalmasligi kerak.

Dorigar platformasi bu muammolarni yechishni o`z zimmasiga oladi.

Bizning maqsadimiz, bemorlar adolatli narx olayotganliklarini bilishlari uchun dori-darmonlar narxining shaffofligini ta`minlashdir.

Sayt: dorigar.uz