Baxtiyor-oila.uz veb-portali
“Baxtiyor-oila” uchun veb-portal baxtiyor-oila.uz
Topshiriq:
Oila munosabatlarini va oilaviy qadriyatlarni himoya qilish va mustahkamlash uchun veb-portal yaratish
Sayt ko’p tilda bo’lishi – o’zbek tilida, rus tilida.
Saytning ko’rinishi milliycha va noodatiy bo’lishi.
Sayt foydalanuvchisi xizmatlardan onlayn foydalana olishi.
Yandex, Google qidiruv tizimlarida ro’yhatdan o’tkazish.
Administratorni saytni boshqarishga o’rgatish.
Baxtiyor-oila.uz oilani saqlash va uning ko’rinmas rishtalarini mustahkamlash
baxtiyor-oila.uz oilani saqlash va uning ko’rinmas rishtalarini mustahkamlash bugunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu bois “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti tamonidan, oilalarga “Baxtiyor oila” veb-portal tarmog’idagi ochiq ma’lumot va xizmatlardan foydalanishning yagona nuqtasini taqdim etish, ma’lumot va xizmatlarni olishda oilalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, veb-portalda joylashtiriladigan ochiq ma’lumot va xizmatlar yordamida samarali ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik qarorlarni qabul qilish uchun oilalarga ilmiy-amaliy yordam berish maqsadida tashkil qilingan.Oila – jamiyatning bir bo‘lagi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar odob-axloq va huquqiy normalar orqali tartibga solinadi. Bu munosabatlarning to‘g‘ri tartibga solinishi – jamiyat farovonligi va taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatish uchun bizning baxtiyor-oila.uz veb-portalimiz o`z faoliyatini olib bormoqda. Baxtli oilaning sirlari nimalarda namoyon boʻladi? Keling, bu sirlarni siz bilan o`rtoqlashamiz.
Oʻzaro hurmat, baxtli oilaning eng birinchi sirlaridan biri. Hurmat boʻlmasa, haqiqiy muhabbatni tasavvur etish qiyin, oʻzaro hurmatsiz esa oila boʻlmaydi.
Ishonch. Juftingizning ishonchini yillar davomida qozonishingiz kerak, ammo uni bir daqiqada yoʻqotib qoʻyish hech gap emas.
Bir-birini tushunish. Ayol va erkak turlicha fikr yuritadi. Ammo biz insonlarmiz, shu bois ham bir-birimizni tushunishga harakat qilishimiz kerak. O`ylaymizki Sizni qiynayotgan barcha muammolaringizga va savollaringizga bizning veb-poralimiz orqali kerakli maslahatlarni olasiz. Hayotingizni tubdan o`zgartirish vaqti keldi. Biz bilan birgalikda muammolaringiz yechimini toping.
Bizning maqsadimiz – bu oila munosabatlarini va oilaviy qadriyatlarni himoya qilish va mustahkamlashdir.
Sizga qanday yordam beramiz?
Biz kimga yordam beramiz?
1.Yosh er-xotinlarga
2.Ayollarga
3.Homilador ayollarga
4.Farzandli va ko’p bolali ota-onalarga
5.Oila qurmoqchi bo’lgan yigit-qizlarga
6.Baxtli bo’lmoqchi bo’lgan hamma oilalarga.
Biz qanday yordam beramiz?
Oilalar uchun yuqori darajada talab qilinadigan ma’lumot va xizmatlarni taklif qilish bilan biz sizga yordam beramiz.
Sayt dizaySayt dizayni: unikal, adaptiv.ni: unikal, adaptiv.
Sayt: baxtiyor-oila.uz